"The Mirror" nashriga ko‘ra, "Manchester Yunayted" hujumchi Lukakuni 400 ming funt miqdorida jarimaga tortadi. Bunga Lukakuning mashg‘ulotlarni jamoa bilan emas, balki Belgiyada "Anderlext" klubi safida olib borayotgani sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Lukaku oxirgi kunlarda mashg‘ulotlarni "Manchester Yunayted" safida emas, "Anderlext" safida o‘tkazmoqda. U bu bilan "MYU"dan ketmoqchi ekanligini yashirmayapti, "qizil iblislar" rahbariyati esa uni sotmoqchi emas.