Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

O‘zbekistonlik shaxmatchi “FIDE WORLD CHESS CUP” turnirida ishtirok etadi

O‘zbekistonlik shaxmatchi “FIDE WORLD CHESS CUP” turnirida ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Markaziy Osiyo 3.4 zona Prezidenti Xusan Turdialiyev Xudayqulovich iltimosiga binoan, FIDE Prezidenti Arkadiy Dvarkovich nomiga bir necha bor iltimosnoma yuborildi. Ushbu iltimosnomaning mazmuniga ko‘ra, hamyurtimiz shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Xalqaro grossmeyster, Olimpiada chempioni Nodirbek Abdusattorovning so‘nggi yillarda ko‘rsatgan natijalari hamda uning imkoniyatlarini hisobga olib, “FIDE WORLD CHESS CUP”da qatnashish uchun munosib nomzod ekani, aniq faktlar bilan ko‘rsatildi.

Ma’lumki, belgilangan kvotlardan tashqari, FIDE Prezidenti ham 5 nafar ishtirokchini mustaqil tavsiya etish huquqiga ega. 5 ta ishtirokchidan 4 nafari allaqachon ma’lum bo‘lib ulgurgan edi, ammo oxirgi 1 o‘rin uchun asosiy da’vogarlar orasida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattarov hamda Hindiston vakili Nihal Sarinlar nomzodlari ilgari surilgan edi.

Qilingan harakatlar natijasi o‘laroq, Xalqaro grossmeyster Yudet Polgar, xalqaro grossmeyster Vladimir Kramnik, FIDEning ijrochi direktori xalqaro grossmeyster Viorel Balagan boshchiligidagi Komissiya, Hindiston vakili Nihal Sarin hamda O‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov ikki yosh grossmeystarlarning natijalarini ko‘rib chiqib, xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattarovni “FIDE WORLD CHESS CUP” turnirida ishtirok etishga tavsiya qilishdi. Shu tariqa vatandoshimiz ushbu nufuzli bellashuvda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Shaxmat federasiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, musobaqa 9 sentyabrdan 4 oktyabrgacha Rossiya federasiyasi, Xanta-Mansiysk shahrida bo‘lib o‘tadi. Shu o‘rinda ushbu nufuzli turnirda, O‘zbekiston nomidan Shaxmat bo‘yicha 17chi Jahon chempioni, xalqaro grossmeystr Rustam Qosimjonov ham ishtirok etadi.

O‘zbekiston Shaxmat federasiyasi shaxmatchimizga bo‘lib o‘tadigan kubok bahslarida omad va zafarlar tilab qoladi.

Kiritildi: 17:30, 08.08.2019.
O'qildi: 2329 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.