Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lovren «A» Seriya klubiga o‘tadi

Lovren «A» Seriya klubiga o‘tadi

Baho:
+ | -

“Roma” “Liverpul” himoyachisi Deyan Lovrenga qiziqib qoldi. Bu haqida jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatdi.

Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchining agenti “bo‘rilar” rahbariyati bilan uchrashgan. “Roma” futbolchini 16 million yevroga sotib olish sharti bilan 1 yilga ijaraga olmoqchi. “Liverpul” Lovrenni 20 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli futbolchi “Liverpul” safida 2014 yildan buyon to‘p surib keladi. U “qizillar” safida 170ta o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol urgan va 4ta golga assistentlik qilgan.

Manba: soccernews
Kiritildi: 08:29, 10.08.2019.
O'qildi: 3725 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.