Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Shomurodovning goli «Rostov»ga g‘alaba keltirdi (video)

Shomurodovning goli «Rostov»ga g‘alaba keltirdi (video)

Baho:
+1 | -3

Rossiya chempionatining 5-turi doirasida so‘nggi o‘yin bo‘lib o‘tdi. «Rostov» o‘z maydonida «Krilya Sovetov»ni qabul qildi.

Bahsning 13-daqiqasida mezbonlar hisobni ochishlari mumkin edi. Shomurodovning uzatmasidan keyin Ionov 15 metrlardan zarba berdi. Samaraliklar posboni to‘pni qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

Uchrashuvning 33-daqiqasida esa hisob ochildi. Ionov jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab, chap tomondan jarima maydonchasiga kirib bordi va darvoza maydoni atrofiga uzatma berdi. Eldor Shomurodov esa to‘pni darvozaga burib qo‘ydi. To‘p ustunga tegib, to‘rga borib tushdi.

Ikkinchi bo‘lim esa asosan maydon markazidagi kurashlar ostida kechdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda "Rostov" darvozaboni Sergey Pesyakov jarimadan yo‘llangan xavfli zarbani qaytarib, jamoasining g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.

O‘zbekistonlik futbolchi mazkur o‘yinda boshlang‘ich tarkibda tushib, hakamning final hushtagi yangragunga qadar maydonda harakat qildi. Shomurodovning ushbu mavsumdagi gollari soni 4taga yetdi. U Artyom Dzyuba ("Zenit") va  Aleksandr Sobolev ("Krilya Sovetov") bilan birga to‘purarlar ro‘yxatini boshqarmoqda.

Mazkur g‘alabadan keyin "Rostov" o‘z ochkolarini 11taga yetkazib, jadvalda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Rossiya premyer-ligasi, 5-tur
Rostov – Krilya Sovetov 1:0 (1:0)
Gol: 1:0 – 33 Eldor Shomurodov.
Rostov – Pesyakov, Kozlov, Chistyakov, Sigurdsson, Chernov (Dolgov, 90), Yeremenko, Ionov (Glebov, 73), Bayramyan (Zuyev, 55), Popov, Normann, Shomurodov.
Krilya Sovetov – Rijikov, Karpov, Chernov, Anyukov (Zinkovskiy, 70), Kombarov, Gaskan, Timofeev, Kabutov, Ginsar (Radonich, 73), Kanunnikov, Sobolev (Golenkov, 87).
Ogohlantirishlar: Chistyakov (63), Kozlov (64), Pesyakov (88).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:53, 12.08.2019.
O'qildi: 16175 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик