Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Transfer olamidagi eng so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi eng so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Neymar ketadigan ko‘rnadi

Fransiya nashrlarining xaba berishicha, Neymar tez orada «Barselona»ga qaytadi.
Manba tarqatgan xabarlarga qaraganda, bugun «Barselona» jamoasi yarim himoyachisi Felippe Koutino va uning agenti Juliano Bertolussi «PSJ» rahbarlari bilan uchrashdi va yangi jamoasidagi shartnoma borasida ilk kelishuvga erishgan.
Gap shundaki, «Barselona» Neymarni qo‘lga kiritish uchun Parij klubiga Koutino, Rakitich va bir necha million yevro to‘laydigan bo‘ldi. Bu boradagi rasmiy ma’lumotlar ertaga ma’lum qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval futbolchining agenti PSJ rahbarlari bilan uchrashgan va Koutinoning yangi jamoasidagi o‘rni borasida muzokaralar o‘tkazgan edi.

PSJ Neymarni mashg‘ulotlardan ozod qildi

Hozirgina «Readfootball» nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Parij klubi Neymarni mashg‘ulotlarda qatnashishga ta’qiq qo‘ydi.
Gap shundaki, Parij klubi futbolchini sotib yuborishga qaror qildi va unga haridor topilmaguniga qadar jarohat olishidan cho‘chimoqda. Futbolchining o‘zi ortiq klubda qolmasligini va tezroq «Barselona»ga qaytishni istayotganini hisobga olsak, bu transfer tez orada amalga oshadi.

Nzonzining keyingi jamoasi aniq

“Rimning «Roma» jamoasi yarim himoyachisi Stiven Nzonzi boshqa klub safiga o‘tadigan bo‘ldi” deb xabar tarqatmoqda Italiya nashrlari.

Unga ko‘ra, fransiyalik futbolchining hizmatlari bilan Turkiyaning «Galatasaroy» klubi qizish bildirmoqda. «Roma» o‘z futbolchisini sotib yuborishga urunayotgan bo‘lsada, «Galatasaroy» uni ijaraga olishni reja qilmoqda. Agarda tomonlar kelishuvga erishsa, Nzonzi tez orada turk klubi safiga o‘tadi. Fransiyalik futbolchining agenti tarqatgan xabarlarga ko‘ra, «Roma» uni sotib olish sharti bilangina qo‘yib yuboradi.

Agarda tomonlar kelshuvga erishsa, «Galatasaroy» futbolchini sotib 4 million yevroga sotib olish sharti bilan ijaraga oladi.

Balotelli ortga qaytmoqda

Italiya terma jamaosining sobiq hujumchisi va eng janjalkash yigitlardan biri sanaladigan Mario Balotelli Italiyaga qaytadigan ko‘rnadi.
Hozirda uning hizmatlari bilan «Breshiya» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Bundan avvalroq Marioning «Flamengo» jamoasiga o‘tishga yaqin turgani haqida xabarlarga tarqagan edi. Endilikda oav futbolchini aynan «Breshiya» jamoasi bilan bog‘lamoqda. «The Sun» nashri uning

Italiya klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolashi haqidagi ma’lumotni e’lon qilgan bo‘lsada, Balotellining agenti futbolchi hali hamon erkin agent maqomida ekanligini rasman e’lon qildi.
Qisqacha qilib aytganda, super Marioning kelajagi hali aniq emas. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

«Inter» «Yuventus»ga shart qo‘ydi

Italiyaning «Inter» jamoasi va Mauro Ikardi bilan bo‘layotgan muammolardan xabaringiz bor. Shu kunlarda Ikardi va «Yuventus» jamoasi shaxsiy shartnoma borasida kelsihuvga erishgan bo‘lsada, «Inter» uning transferi borasida rasmiy taklif olmagan edi.
«Calciomercato» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, bugun «Yuventus» Ikardi borasida rasmiy taklifni jo‘natgan. «Inter» esa, o‘z futbolchisini faqatgina Paolo Dibala bilan ayrboshlashi mumkinligini, boshqa holatda uni «Yuventus»ga qo‘yib yubormasligini e’lon qildi.
Dibala Sarrining rejalariga kirmayotganini inobatga olsak, bu transfer tez orada amalga oshishi mumkin.

Vertongen Pochetinodan xafa

Belgiya terma jamoasi va «Tottenhem» klubi himoyachisi Yan Vertongen jamoa bosh murabbiyi Pochetinodan norozi ekanligni yashirib o‘tirmayapti.
Gap shundaki, futbolchi APLning ilk turida zahira o‘rindig‘idan ham joy olmaganini tushuna olmayapti. Futbolchi va murabbiy o‘rtasida hech qanday nizo bo‘lmasada, Pochetino negadir uning hizmatlaridan foydalanamayapti. Vertongen o‘z interyusida bunday hol davom etsa, klubni qishda tark etishini rasman e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz Pochetino klubdagi yana mir belgiyalik himoyachi Tobi Alderveyrelni ham asosiy takribga qo‘shmadi va uni katta ehtimol bilan qishda sotib yuborishni reja qilmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:14, 14.08.2019.
O'qildi: 2108 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.