Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi yangilklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Sanches boshqa klubga o‘tmoqchi emas

Chili terma jamoasi va «Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Aleksis Sanches jamoada qolishga qaror qildi

Gap shundaki, futbolchining hizmatlari  bilan Rimning «Roma» klubi qiziqish bildirayotgan edi. «Roma» chililik futbolchini Edin Jekoning o‘rnini to‘ldirish uchun ijarga olishni reja qilgan edi. «Manchester Yunayted» esa, uning maoshini yarmini Rim klubi to‘lashiga ham rozi bo‘lgan va tezroq Aleksisni «Roma» safiga qo‘yib yuborishni maqsad qilgan edi, ammo hammasi futbolchining qarori tufayli barbod bo‘ldi

Aleksis klubda qolishni avzal bildi va «Manchester Yunyted» rahbarlarini yana bir bor jaxlini chiqardi. Ikki klub tomonidan amalga oshirilgan kelshuv esa, o‘z kuchini yo‘qotdi.

«Chelsi» sotishdan to‘xtamayapti

Londonning «Chelsi» jamoasi Frenk Lempardni bosh murabbiy etib tayinlagach, klubda ko‘plab o‘zgarishlar amalga oshdi. Frenk o‘zi uchun keraksiz bo‘lga  o‘yinchilarni jamoa transfer qilish huquqisiz qolgan bo‘lsada, sotib yuborishdan to‘xtamayati.

Endilikda «aristokratlar» qanot himoyachisi Dzapakostaning transferga qo‘yishdi. Klub futbolchi uchun 25 million yevro so‘ramoqda.

Hozirda futbolchini qo‘lga kiritish maqsadida Rimning «Lasio» klubi aloqaga chiqdi va tomonlar muzokarlarni boshlab yuborishdi.

Maguayerga qoyil!

Sayyoramizning eng qimmat himoyachisiga aylangan Xarri Maguayer o‘zining transferiga oid yangilik bilan o‘rtoqlashdi.

Futbolchining aytishicha, «Manchester Siti» futbolchi uchun «qizil iblislar»ga nisbatan 100 ming yevro ko‘proq maosh taklif etgan ekan. Sobiq Lester futbolchisi yurak amri bilan aynan «qizillarni» tanlaganini rasman e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi uchun kurashda Manchester shaxrining ikki klubi uzoq muddat da’vogar bo‘lib turdi va yakunda futbolchi o‘z xohishi bilan «Old Traford»da to‘p surishni tanladi.

«Borussiya Dortmund» hujumchi olmoqchi

Germaniyaning «Borussiya D» klubi o‘z tarkibini kuchaytirib olish maqsadida transfer oynasi yopilguniga qadar yana bir futbolchini harid qilmoqchi.

«Realfootball» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, klub «Roma» jamoasida o‘z o‘yinini topa olmayotgan Patrik Shikni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.

Patrik «Roma» jamoasiga o‘tganidan beri o‘zini deyarli ko‘rsata olgani yo‘q. Hujumchi 46 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lsa, atigi 5 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. «Roma» futbolchining transfer qiymati borasida kelishuv amalga oshsa, uni «Bundesliga»ga qo‘yib yuborishga qarshi emas.

«Dinama» «Portu» futbolchisiga qiziqib qoldi

Kiyevning «Dinamo» jamaosi Portugaliyaning «Portu» klubi hujumchisi Takinyo Suarezni qo‘lga kiritish borasida ishlarni boshlab yubordi.

«Chempionat» nashri tarqargan xabarlarga qarganda, Kiyev klubi futbolchining shartnomasini sotib olishni reja qilmoqda. Suarez qatorasida 7 mavsumdan beri Portugaliya klubida to‘p surib kelmoqda va tez orada jamoani erkin agent sifatida tark etishi tahmin qilinayotgan edi.

28 yoshlik futbolchining o‘zi «Dinamo»da to‘p surishga qarshi emas. Shu kunlarda kiyevliklar «Portu»ga rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirishmoqda.

Eslatib shtamiz, futbolchi yakunlangan mavsumda, 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 15 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qildi. Shunindek, uning hisobida 3 ta golli uzatma mavjud.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:50, 17.08.2019.
O'qildi: 13483 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик