Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

La liga. «Barselona» Adurisning supergoli evaziga yutqazdi (video)

La liga. «Barselona» Adurisning supergoli evaziga yutqazdi (video)

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining yangi mavsumiga start berildi. Dastlabki o‘yin Bilbao shahrida "Atletik" va "Barselona" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Basklar o‘yinni ancha faol boshlab, mehmonlar darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlarni yaratishdi. Ammo gol urish uchun eng qulay vaziyatga dastlab kataloniyaliklar ega bo‘lishdi. Bahsning 32-daqiqasida "Atletik" himoyachisi to‘pni orqaga - o‘z darvozaboniga uzatishga qaror qildi. O‘sha joyda turgan Luis Suares tayyor "sovg‘a"dan foydalana olmadi. Uning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib qaytdi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan urugvaylik futbolchi jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Rafinya tushirildi. Birinchi bo‘lim yakunlanish arafasida "Barsa" futbolchisining zarbasidan keyin to‘p bu safar to‘singa tegdi.

Ikkinchi bo‘limda hududiy ustunlik "ko‘k-anorranglilar" tomonida bo‘ldi. Ammo g‘alaba to‘pini kiritish bilbaoliklarga nasib etdi. O‘ng qanotdan yetkazib berilgan to‘pga jarima maydonchasi ichida turgan Aduris qaychi uslubida zarba berdi. Kuchli chiqqan zarbani Mark-Andre ter Shtegen bartaraf eta olmadi. Bu paytda bahsning 89-daqiqasi o‘tib borayotgan edi, "Barsa" javob to‘pini kiritishga ulgurmadi.

Shu tariqa, Messi maydonga tushmagan, de Yong va Grizmann debyut qilgan uchrashuvda "Barselona" mag‘lubiyatga uchradi.

Ispaniya La ligasi, 1-tur
"Atletik" - "Barselona" 1:0
Gol: Aduris, 89 - 1:0
"Atletik": Unai Simon, Nunyes, Berchiche, Kapa, De Markos (Sanset, 66), Unai Lopes (Benyat, 81), Raul Garsiya, Muniain, Dani Garsiya, Yeray Alvares, Uilyams (Aduris, 88).
"Barselona": ter Shtegen, Semedu, Langle, Pike, Serji Roberto (Karles Peres, 76), de Yong, Alenya (Rakitich, 46), Dembele, Alba, Grizmann, Suares (Rafinya, 37).
Ogohlantirishlar: Pike (60), Nunyes (65). 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 04:16, 17.08.2019.
O'qildi: 12627 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.