Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Bu qanday «jilet»? Uning nima foydasi bor?

Bu qanday «jilet»? Uning nima foydasi bor?

Baho:
+ | -

Hozirda deyarli barcha top klublarning mashg‘ulotlarida ushbu jiletlarga ko‘zingiz tushadi. Bugun ushbu qurulma to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tishga qaror qildik.

Bu qurilma futbolchilar orasida ommalasha boshlagan bo‘lsada, u haqida ma’lumotlar u qadar ko‘p emas edi. Britaniyalik qiziquvchan jurnalistlar bu mavzuni atroflicha o‘rganib chiqishdi va uning barcha yashirin sirlarini oshkor etishdi.

Hammasi futbol u qadar rivojlanmagan Shimoliy Irlandiyada boshlangan edi. Aynan Shimoliy Irlandiyda 2007-yilda tashkil topgan «Stat Sports»  futbol olamini zabt etishni oldiga maqsad qilib qo‘yadi va bu ishni uddaladi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Hozirda bu korhona dunyo bozorlarini egallagan chinakam savdo belgisiga aylanib ulgurdi. «Barselona», «Manchester Yunayted», «Yuventus», «Liverpul» «Manchester Siti» singari jamoalar bilan hamkorlik qiladigan korhona qisqa muddat ichida gigant kompaniyaga aylanib ulgurdi.

O‘ziga hos nimchalarning asosiy vazigasi «Stat Sport» tomonidan ishlab chiqariladigan mahsus gadjetlarni ikkita kurak o‘rtasida muqim turishini ta’minlashdan iborat. Bu gadjet Vayberpod deb ataladi. Ushbu qurulma mashg‘ulotlar chog‘ida jps datchiklar orqali futbolchi haqidagi ma’lumotlarni mahsus bazaga jo‘natib turadi. Vayberpod nafaqat futbolchining bosib o‘tgan masofasini, balki uning umumiy tezligi, necha bor katta tezlikda va necha bor o‘rta tezlikda yugurgani, yurak urushi, futbolchining to‘qnashuvlarga chidamliligi kabi ko‘plab muhim voqealarni analiz qiladi va kerakli ma’lumotlarni mahsus jps orqali bazaga jo‘natadi.

Bu ma’lumotlar har mashg‘ulotlar chog‘ida qo‘shib boriladi va mahsus programma orqali kuzatiladi. Shu yo‘sinda murabbiylar futbolchilarning optimal formada ushlab turishga muvaffaq bo‘lishadi. Ba’zan murabbiylar vayberpoddan o‘yin chog‘ida ham foydalanishadi.
Jumladan 2016-yildagi «La Liga» bahslari startida Messi aynan shunday vayberpotlardan o‘yin paytida foydalangan edi.
Murabbiylar gadjet yordamida «Kopa Amerika» musobaqasidan qaytgan futbolchining jismoniy holatini tekshirishgan va  tezroq sport formasini tiklab olishini uchun zamin yaratishgan edi.

Bundan tashqari, ushbu qurulma jarohatlar haqida avvaldan xabar beradi. Ko‘pincha futbolchilar jarohatning so‘nggi bosqichidagina og‘riq sezishadi. Shu sababli, jarohatdan forig‘ bo‘lish va tiklanish uchun uzoq vaqt talab etiladi. Vayberpod esa, futbolchilarning uzoq vaqtga safdan chiqishdan asraydi va jarohat havfi haqida oldindan xabar beradi. Mahsus programma orqali murabbiylar futbolchining oyoqning qaysi qismida jarohat borligni ortiqcha qiyinchiliksiz bilib olishlari mumkin.

Statistik ma’lumotlarga qaraganda gadjetlardan foydalanadigan futbolchilar qolganlarga nisbatan 2 barobar kamroq jarohat olishar ekan.

«Stat Sport» kompaniyasi asoschilari Alan Klark va Shon Okonir tobora dunyo sportini zabt etib bormoqda. Hozirda kompaniyada 60 ming inson mehnat qilmoqda. Hozirda «Stat Sport» futboldan tashqari boshqa sport turlari uchun ham gadjetlarni yetakzib bermoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:00, 18.08.2019.
O'qildi: 8789 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.