Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Oltin to‘p» da’vogarlarining fikricha bu sovringa kim haqli?

«Oltin to‘p» da’vogarlarining fikricha bu sovringa kim haqli?

Baho:
+ | -

Yaqindagina «Dazin» nashri futbolchilar o‘rtasidagi eng nufuzli sovrin sanaladigan «Oltin to‘p» uchun da’vogar bo‘lgan futbolchilar bilan intervyu tashkillashtirdi. Eng qizig‘I shundaki, ushbu nashr jurnalistlari Messi, Ronaldu va Virjildan o‘zlarini inobatga olmagan holda kim bu mukofotga loyiq deb savol berishdi. Bugun «Dazin» va «Fut Bazza» nashrlari tomonidan e’lon qilingan intervyularni e’tiboringizga taqdim etamiz.

Virjil van Deyk

Anchadan beri «Oltin to‘p»ni himoyachilar olishmayapti. Haligacha insonlarning nazlida bu sovringa Ronaldu va Messidan haqliroq futbolchi yo‘qdek tuyuladi. Bu tabiiy xol. Ularning futbol rivoji uchun qo‘shgan xissalari juda ulkan.

Terma jamoa va «Liverpul» safidagi omadli mavsumdan so‘ng, jurnalistlar aynan meni «oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar deb atay boshlashdi. Men bunday e’tirof uchun bag‘oyatda xursandman. Shunday bo‘lsada, Messi bu sovringa hammadan ko‘ra ko‘proq haqlidek ko‘rinmoqda. U dunyoning eng kuchli futbolchisi ekanligiga hech kimda shubha yo‘q. Shaxsan men bu sovrin haqida o‘rtiqcha hayol surmayapman, lekin bu sovrin menga topshirilsa, jon deb qabul qilaman. Messi uchun qanday mavsum o‘tgan bo‘lsada, u sovringa hammadan ko‘ra loyiqroq. Uning YECHL g‘olibi bo‘lmagani hech narsani o‘zgartirmaydi.

Leo Messi

«Oltin to‘p» haqida so‘zlashdan hech qanday foyda yo‘q. bu sovrin men uchun jamoam bilan erishgan yutuqlarim singari qadrli emas. Hech qachon mavsum boshida oldimga «oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish maqsadini qo‘ymaganman va shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, «Barselona» safida to‘p surish imkoni borligidan mamnunman. To‘g‘ri, so‘nggi mavsumlardagi omadsizliklardan so‘ng biroz kayfiyatim tushib ketdi. Boz ustiga «La Liga» o‘zining obro‘sini yo‘qotib qo‘ydi. Bundan 5 yil ilgari ham bu chempionatga bo‘lga e’tibor o‘zgacha edi. Bu noto‘gri. Yana hammasini o‘z o‘rniga qaytarish uchun biz YECHLda g‘olib bo‘lishimiz lozim. Aynan shunday g‘alabalardan so‘ng, muxlislar bizga bo‘lgan munosabati o‘zgarishi mumkin. Hozirda faqat YECHL g‘olibligi borasida bosh qotiryapman. O‘ylashimcha Van Deyk ajoyib mavsumni o‘tkazdi va «Liverpul»ning g‘alabalarida eng muhim rolni ijro etdi. Uning bu sovrinni qo‘lga kiritishga haqqi bor. Agar shunday bo‘lsa, Virjil bunga munosib ekanligi yana bir bor o‘z isbotini topadi.

Ronaldu

Men 3 ta sovrinni qo‘lga kiritdim va har doimgidek yuqori darajadagi futbolni namoyish etdim. O‘z kariyeram davomida birorta mavsumda kuchsizroq ko‘ringanimni eslay olmayman. Yakunlangan mavsum ham bundan mustasno emas. 16 yillik faoliyatim mobaynida men ko‘p narsaga qodir ekanligimni isbotlab bo‘ldim. bu sovringa loyiq ekanligimga shubham yo‘q. agarda bu mavsumda uni menga topshirilmasa, unda hech kimga topshirilmagni ma’qul. Ana shundagina hammasi adolatli yakun topgan bo‘ladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:27, 19.08.2019.
O'qildi: 13383 marta.
Fikrlar: 39 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.