Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Neymar seriali o‘z yakuniga yetib kelgan ko‘rinadi

Madridning «Real» jamoasi PSJ hujumchisi Neymarning transferi borasida o‘zining so‘nggi taklifini tayyorlamoqda deb xabar bermoqda «Telefoot» nashri.

Unga ko‘ra, «qirollik klubi» PSJ istaganidek, Rafael Varan va Vinicius Juniorni Neymar bilan ayrboshlaga rozi bo‘ldi va shu hafta so‘nggiga qadar bu trasnferni amalga oshirishni niyat qilmoqda.

Parij klubi ham o‘z futbolchisidan tezroq qutulish maqsadidi uni atayin «Real Madrid»ga pullashni reja qilmoqda. Gap shundaki, klub «Barselona»dan kelib tushgan takliflarni jo‘rtaga rad etmoqda va shu yo‘sinda Katoloniya klubidan qasd olishga urunmoqda.

«Liverpul» yulduzchani kuzatmoqda

«Liverpul» klubi «Lill» jamaosining yosh iqtidorli «yulduzcha» futbolchisi sanalmush Janom Longondo bilan qiziqib qoldi.

17 yoshlik yarim himoyachi hozirda «Lill»ning o‘rinbosarlari safida to‘p surayotgan bo‘lsada, fransuz klubi futbolchi uchun «Shalke», «Manchester Yunayted» singari jamoalardan taklif olishga muvaffaq bo‘ldi. Shunday bo‘lsada, klub o‘z futbolchisini hozir sotib yuborishni istamayapti. Longondoning klub bilan tuzgan shartnomasi yana 4 yil davom etadi. Hozirda «Lill» uni hech qayerga qo‘yib yubormasligini e’lon qildi.

Esltaib o‘tamiz, Longonda Belgiya yoshlar terma jamoasining sardori ham sanaladi.

Konoplyanka Turkiya uchib ketdi

Ukraina terma jamoasi a’zosi Yevgeniy Konoplyanka o‘z faoliyatini Istanbulning «Beshiktosh»jamoasida davom ettiradigan bo‘ldi.

Unga ko‘ra, turk klubi «Shalke» klubi hisob raqamiga 3 million yevro o‘tkazib berishi lozim. Bundan tashqari, klub futbolchi uchun 4 yillik shartnoma taklif qiladi. Unga ko‘ra, Konoplyanka yiliga 2,5 million yevro maosh oladi va jamoaning asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanadi.

Klopp «liverpul»ni qachon tark etishini aytib o‘tdi

Germaniyalik mutaxassis «Bild» nashriga bergan intervyusinda o‘zining qachon klubdan ketishiga to‘xtalib o‘tdi.

“Hozir menning kariyeramda sehrli damlar hukmronlik qilmoqda. Umid qilamanki, uni maksimal darajada uzoqroqqa cho‘zilishini ta’minlay olaman. Shunday bo‘lsada, hamma narsaga tayyor turgan ma’qul. Axir boshlangan narsaning oxiri bor. Shuni aytishim joizki, 2 yo 3 yildan so‘ng «Liverpul»ni takr etishim mumkin.

Bu so‘zlarni aytishimdan maqsad shuki, yillar o‘tib bu so‘zlarni eshitganda hayratda qolmasligingiz va buni to‘g‘ri qabul qilishingizni lozim.
Ma’lumotlarga qaraganda Yurgen Kloppning keyingi vazifasi Germaniya terma jamaosini boshqarish bo‘ladi.

Ikardi «Yuventus»ga o‘tmaydigan ko‘rinadi

Turin super klubi Argentinalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan bo‘lsada, bu transfer amalga oshmay qolishi mumkin.
Gap shundaki, «Keksa seniora» bir nechta futbolchilarni sotib yubormay turib Ikardini xarid qila olmaydi. Klubning bunda qurbi yetmaydi.

«Le Gazzeta Della Sport» nashri tarqatgan xabarlaga qaraganda, «Yuventus» transfer oynasi yopulguniga qadar Matiudi, Mandjukich, Iguain, Rugani va Dibalalarni sotib yuborishga harakat qiladi. Aks xolda Ikardining transferi haqida o‘ylamasa ham bo‘laveradi.

Eriksonning keyingi manzili aniqlashmoqda

«Tottenhem» jamoasining daniyalik yarim himoyachisi klub bilan shartnomasini uzaytirmaganidan xabaringiz bor.
Futbolchi o‘z klubiga yordam qilish maqsadida, transfer oynasi yopulguniga qadar «Yuventus», «Barselona» va «Real Madrid»dan taklif tushsa, o‘z jamoasini almashtirishga rozi bo‘ldi. Gap shundaki, Erikson qishda erkin agent maqomida boshqa klubga o‘tish borasida kelishib olishi ham mumkin edi, biroq futbolchi shu yo‘sinda muxlislar oldida o‘z uzrini izhor qildi. Hozirda Erikson borasida «Shpor»larga birorta taklif kelib tushganicha yo‘q.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:25, 21.08.2019.
O'qildi: 9188 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.