Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

RAC1: Barselona Neymarni tanishtirishga tayyorlanmoqda

RAC1: Barselona Neymarni tanishtirishga tayyorlanmoqda

Baho:
+ | -1

Kataloniyaning eng katta RAC1 radiosi sport yangiliklari efirida "Barselona" braziliyalik hujumchi Neymarni jamoaga qaytarishda ijobiy natijalarga erishgani haqida xabar berdi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» va «PSJ» o‘rtasidagi muzokaralar so‘nggi kunlarda muvaffaqiyatli kechdi.

Klub bitim to‘liq yakunlanishiga hali yaqin emasligini tan oladi, ammo Neymarni klubning yangi futbolchisi sifatida e’lon qilishga hozirlik ko‘rmoqda.

Ta’kidlanishicha, Neymar allaqachon Kataloniya klubiga qaytishiga bag‘ishlangan maxsus video olgan.

Unda braziliyalik 2017 yil yozida klubni tark etgani uchun uzr so‘ragani va jamoadan nima uchun ketgani sabablarini hamda nima uchun "Barselona"ga qaytishga qaror qilgani haqida co‘zlab beradi.

"Barselona" allaqachon Nike bilan bog‘lanib, muxlislarning yuqori talablarini qondira oladigan Neymar nomi yozilgan futbolkalarning birinchi partiyasini ishlab chiqarishni so‘radi.

Katta ehtimol bilan Neymar "Barselona"da 7 raqamni oladi.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha

"Barselona" va PSJ Neymarni 2020 yil yozida sotib olish uchun tovon puli 170 dan 180 million yevrogacha o‘zgarishi haqida kelishib olishdi.

Endilikda klublar braziliyalik futbolchining bir yillik ijara narxini kelishib olishga harakat qilmoqdalar.

"Barselona"ning birinchi taklifi 10 million yevroni tashkil etgan edi, ammo PSJ bu taklifni rad etdi va ijara uchun 50 million yevro talab qilmoqda.

"Barselona" ijara summasini tushirishga harakat qiladi.

Manba: RAC1
Kiritildi: 11:00, 21.08.2019.
O'qildi: 21456 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.