Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«PSJ» o‘yinchilari Tuxeldan qoniqish hosil qilmayapti

«PSJ» o‘yinchilari Tuxeldan qoniqish hosil qilmayapti

Baho:
+ | -

«PSJ» o‘yinchilari bosh murabbiy Tomas Tuxelning faoliyatidan qoniqish hosil qilmayapti. Ularning fikricha, mutaxassis metodika va tarkib tanlashda kuchli emas, deya xabar tarqatdi Le Parisien nashri.

Fransiya chempionatining 2-turida bo‘lib o‘tgan «Renn»ga qarshi o‘yinda (1:2) Yulian Drakslerning maydonga tushirilishi futbolchilarga yoqmadi. Boisi, u «Nim»ga qarshi o‘tkazilgan 1-tur bahsida (3:0) yomon o‘yin ko‘rsatgan edi.

Bundan tashqari, o‘yinchilar, jumladan, yarim himoyachi Marko Verratti Tuxelning taktik qaroridan hayron bo‘lgan. Italiyalik futbolchining fikricha, «Renn»ga qarshi o‘yinda murabbiy yarim himoya va hujum chizig‘i o‘rtasidagi bog‘lamlarni yo‘lga qo‘yish uchun hech qanday chora qo‘llamagan.

Germaniyalik mutaxassisning mashg‘uloti ko‘proq himoyaviy o‘yinga qaratilgani «PSJ» futbolchilariga yoqmayapti. Ularning fikricha, umumiy taktikaga, hujumkor o‘yin strategiyasiga, shuningdek, o‘yinchilar orasidagi kombinasiyaga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Parijliklarning ba’zi futbolchilari Tuxelning taktikasi «Neymarga uzatma ber» bilan cheklanib qolgan, deya hisoblaydi.

Manbaga ko‘ra, «Renn»ga qarshi o‘yindan keyin «PSJ» futbolchilaridan biri jamoadoshidan: «Biz bugun qanday taktikada o‘ynaganimizni tushundingmi?», deya so‘ragan bo‘lsa, uning sherigi: «Yo‘q. Har doimgidek», deya javob bergan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 16:26, 21.08.2019.
O'qildi: 4158 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик