Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Barselona» ukrainalik futbolchini ijaraga olmoqchi

Katoloniyaning «Barselona» jamoasi «Leganes» klubi himoyachisi Vasiliy Kravets bilan qiziqib qoldi.

22 yoshli futbolchining o‘yinlari anchadan beri «Barselona» skautlari tomonidan kuzatilib borilayotgan edi. «Barsa» ukrainlik futbolchini ikkinchi jamoasi uchun ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Vasiliy «Segunda»da o‘zini ko‘rsata olsa, mavsum o‘rtasida uni asosiy tarkibga olish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Vasiliy Kraves borasida «Leganes» klubiga, «Saragosa», «Malaga», va «Lugo» jamoalari tomonidan ham takliflar kelib tushgann

«Manchester Yunyted» yangi darvozabonni nishonga oldi

«The Sun» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, «Manchester Yunayted» jamoasi skautlarining 80 foizi David De Xeaning o‘rinbosarini izlamoqda.

Jamoani erkin agent sifatida tark etishi kutilayotgan kipperga munosib izdosh toppish maqsadida ish olib borayotgan skautlarning e’tibori Zagrebning «Dinamo» jamoasi darvozaboni Dominik Livakovichga tushib qoldi. «Qizil iblislar»ning skautlari futbolchining o‘yinlarini maydondan kuzatishga ham muvaffaq bo‘lishdi va Dominikni eng munosib nomzot sifatida tavsiya qilishdi.

«Manchester Yunayted» ispaniyalik posbon bilan shartnomani uzaytirish borasida so‘nggi taklifni berishni reja qilmqoda. Agarda David o‘z so‘zidan qaytmasa, Livakovich keyingi mavsumda «qizil iblislar»ning asosiy darvozaboni bo‘ladi.

Esaltib o‘tamiz, Livakovich bilan «Liverpul» jamoasi ham qiziqib qolgan, biroq Zagreb klubi o‘z darvozabonini 20 million yevrodan kamiga sotmasligini bilgach, shashtidan qaytgan edi.

«PSJ» «Borussiya Dortmund» himoyachisini ko‘zlamoqda

«Paris United» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, PSJ transfer oynasi yopilishi oldidan «Borussiya Dortmund» qanot himoyachisi Rafael Gerreyroni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Bugun Parij klubi sport direktori va futbolchining agenti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Tomonlar shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishsa, o‘sha kuniyoq PSJ Dortmund klubiga rasmiy taklif bilan murojaat qiladi. Rafaelning o‘zi PSJda to‘p surishni istamoqda. Gap shundaki, fubolchi uchun Fransiya chempionati begona emas. Rafael o‘z vaqtida «Loryan» jamoasi sharafini himoya qilgan.

Pepe Reyna tayyor!

Taniqli "Marca" nashri tomonidan tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, Pepe Reyna «Real Madrid» jamoasining ikkinchi darvozaboni bo‘lishi borasida kelishuvga erishdi.

Bundan tashqari Madrid klubi «Milan» bilan Reynaning transferi borasida ham ijobiy muzokaralar olib bormoqda. Agarda hammasi ko‘ngildagidek o‘tsa, Keylor Navas jamoadan ketishi bilan uning o‘rnini Pepe Reyna egallaydi.

Eslatib o‘tamiz, Reyna faoliyati davomida «Liverpulm», «Valenciya», «Bavariya», «Napoli» singari kuchli klublarda to‘p surgan.

Jerom Boateng turkiyaga yo‘l olishi mumkin

Myunhenning «Bavariya» jamoasidagi ajoyib mavsumlardan so‘ng, Robben va Riberi singari Jeromning ham ketadigan payti juda yaqin qoldi deb xabar tarqatmoqda «Readfootball» nashri.

Manba bergan ma’lumotga tayangan xolda shuni aytishimiz mumkin-ki, germaniyalik futbolchining keyingi manzili katta ehtimol bilan Turkiyaning «Fenerbaxche» jamoasi bo‘ladi.

Istanbul klubi himoyachini mavsum so‘nggiga qadar ijaraga olishni rejalashtirmoqda. «Bavariya» o‘z futbolchisini 20 million yevroga sotishni istayotgan bo‘lsada, birorta klub Jerom borasida rasmiy taklif bilan chiqqanicha yo‘q. Agarda «Bavariya» shu kunlarda Boateng borasida taklif olmasa, katta ehtimol bilan hafta so‘nggida «Fenerbaxche» ajoyib himoyachini qo‘lga kiritadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:03, 25.08.2019.
O'qildi: 8884 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик