Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Gvardiolaning kashfiyotlari

Gvardiolaning kashfiyotlari

Baho:
+ | -

Bundan avvalroq, Gvardiola tomonidan chetga surub tashlangan futbolchilar haqida so‘z yurutgan edik. Endi esa, murabbiy tomonidan batamom o‘zgacha futbolchiga aylantirilgan va yangi darajaga ko‘tarilgan futbolchilar haqida so‘z boradi.

Kevin De Bryuyne



Belgiyalik futbolchi «Manchester Siti» jamoasi ruliga Gvardiolaning kelishi bilan batamom o‘zgacha futbol namoyish eta boshladi. Markaziy yarim himoyachi Pep davrida hujumga yaqinlashtirildi va to‘liq erkinlik taqdim etildi.

«Chelsi» jamoasining asosiy tarkibiga kira olmgan futbolchi, Gvardiola qo‘l ostida dunyoning eng qimmat yarim himoyachisiga aylandi.

Kevin hozirda so‘nggi pasni beribgina qolmay, maydon markazida chinakam derejjorga aylandi. Gvardiola uning yordamida o‘yi tempini pasaytirishi yoki uni istagan chog‘ida ko‘tarishni yo‘lga nqo‘ydi. Qahramonimiz «Manchester Siti» tarkibidagi o‘yinlari orqali Rossiya yashil maydonlarda o‘tgan Mundialda amalda isbotladi. Hozirda, belgiyalik Kevin «Manchester Siti»ni sardor sifatida maydonga olib tushmoqda. Mana buni chinakam o‘sish desa, bo‘ladi!

Serhio Buskets

Gvardiola «Barselona» tepasiga kelgan chog‘larda dunyoning eng kuchli markaziy yarim himoyachisi Yaya Ture o‘zining pik formasida edi va jamoaning asosiy futbolchisi sanalar yedi.

Gvardiola jamoaning o‘yinlarida ko‘p naf keltirishi kutilgan jismonan baquvvat Yaya Turening o‘rniga akademiya tarbiyalanuvchisi Serhio Busketsni katta tavakkal qilib birinchi planga chiqardi. Kuchli zarbasi yo‘q, tezkor bo‘lmagan ozg‘ingina yigit Pep qo‘l ostida super darajaga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘lishi kimning ham hayoliga kelibti deysiz.

Gvardiola uning maydondagi vazifasini shunchalar tushunturib berdiki, Buskets o‘z ishining chinakam ustasiga aylandi. Hech kim tanimagan futbolchi Gvardiola qo‘l ostida 100 million yevroga ham sotilmaydigan chinakam yulduz aylandi. O‘z davrining eng kuchli tayanch yarimhimoyachisini tarkibdan olib tashlab akademiya tarbiyalanuvchisini birinchi raqamli futbolchiga aylantirish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi.

Joshua Kimmix



Bu bolakay 2-Bundesligadagi o‘yinlari bilan klubning yoshlar jamoasiga taklif etilgan edi. Biror marotaba asosiy tarkib bilan shug‘ullanmagan futbolchini Pep bir ko‘rishdayoq, asosiy tarkibga jalb etadi va uni almashtirib bo‘lmas futbolchiga aylantiradi.

Gvardiola qo‘l ostida Kimmix aql bovar qilmas darajada o‘sishga erishadi. Gap shundaki, Pep uni qanot himoyasi, markaziy himoya, tayanch zonasida bir hil o‘yin ko‘rsata oladigan universal himoyachiga aylantiradi.  

Ispaniyalik mutaxassisning mehnatlari zoye ketmadi. Kimmix ikkinchi dvizionda to‘p suruvchi futbolchidan Germaniya terma jamoasining asosiy tarkib futbolchi darajagasigacha ko‘tarildi. 2017-yilda Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof qilingan qahramonimiz
 Rossiya yashil maydonlarida bo‘lgan JCH sarlash uchrashuvlarning barchasida asosiy tarkibda iaydonga tushdi.

Xavi


Gvardiola  yendigina «Barselona» jamoasiga bosh murabbiy bo‘lgan paytlarida Xavi 28 yoshni qarshilagan o‘rtamiyona yarim himoyachi edi. Futbolchi asosan himoyaga yordam berar, to‘pni tezroq yarim himoyachilarga yetkazib berishga intilar edi.

Pep kelgach, uning maydondagi vazifasi batamom o‘zgarib ketdi. Gvardiola uni maydondagi qora ishlardan to‘liq forig‘ qildi va hujumchilar ortida o‘ynashi uchun oldinroq siljishini ta’minladi. Bu esa, o‘rtamiyona yarim himoyachining super pleymekerga aylanishiniga zamin yaratdi.

Xavi Gvardiola davrining ilk yilida mavsum davomida 29 (!) bor golli uzatmani amalga oshiradi va o‘zining yangi qirralarini kashf etishni boshlaydi. Bundan tashqari, Xavi Ispaniya terma jamaosining yulduzli onlarida ham maydonda juda katta hajmdagi ishni bajargani bilan ham ko‘plab muxlislarning yodida abadiy qolishi aniq.

Andres Inyesta

Zamonaviy futbol olamidagi eng kuchli yarim himoyachi sifatida tarixda qolgan kamtarin futbolchi Gvardiola qo‘l ostida shug‘ullanaguniga qadar ruhan kuchsiz, jismonan nimjon chinakam zahira futbolchisi edi. Murabbiylar Andres  uchun maydonda pozisiya topishga qiynalishar, uni yarim himoyadagi barcha zonalarda sinab ko‘rishsada, uning asl pozisiyasini aniqlay olishmagan edi.

Qahramonimiz «Barselona» jamoasining boshqaruviga kelgach, hammasi batamom o‘zgarib ketdi.
Gvardiola butun boshli o‘yinni Inyestaning atrofida qurishga tushib ketdi. Pep Andresni hujum ritmiga javob beruvchi futbolchiga aylantiradi. Inyesta o‘zining o‘yin uslubini batamom o‘zgartirdi va batamom yangi futbolchiga aylandi. Andres birinchi navbatda Gvardiolaning yordami bilan ruhan yangi darajaga ko‘tarilishga yerishdi va  jamoaning almashtirib bo‘lmas futbolchisiga aylandi.

Gvardiola kelguniga qadar o‘z klubida asosiy tarkibga kira olmayotgan futbolchi, Pepning sayi-harakatlari ortidan Ispaniya terma jamoasini Mundialda g‘oliblik sari yetaklay olgan xalq qahramoniga aylandi. Inyesta futbolchi qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarga erishdi va millionlab muxlislarning yuraklarida hurmat qozonibgina qolmay o‘z nomini tarixga oltin xarflar bilan yozdirib qoydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:50, 25.08.2019.
O'qildi: 4238 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.