Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Eng omadsiz erkin agentlar

Eng omadsiz erkin agentlar

Baho:
+ | -

So‘nggi 25 yil davomida futbolchilarning transfer qiymati fantastik tezlikda o‘sib bormoqda. Darhaqiqat, zamonaviy futbolda kuchli futbolchilarning narxi bir necha «limon» ekanligi hech kimni hayratga solmay qo‘ydi. Shunday bo‘lsada, uddaburon klublar mashxur futbolchilarni ham erkin agent sifatida o‘z tarkibiga qo‘shib olish orqali ortiqcha harajatsiz ham kuchli jamoa tuzishni uddalamoqda.

Transfer qiymati bir necha millionga baholanayotgan futbolchini bir sentham ishlatmasdan qo‘lga kiritish yoqimli, biroq bu yo‘l har doim ham o‘zini oqlayvermaydi. Bugun so‘nggi yillarda erkin agentlardan yolchimagan klublar haqida so‘z boradi.

Vinston Bogard – «Chelsi»

Gollandiyalik futbolchi 21-asr boshida Londonning «Chelsi» jamoasiga erkin agent sifatida o‘tgan paytlari dunyoning eng kuchli himoyachilaridan biri sanalar edi.

Bogard «Milan», «Ayaks», «Barselona» singari o‘sha davrlarning grand klublarida to‘p suribgina qolmay terma jamoa safida ham 20 ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurgan edi.

Vinstonni tekinga qo‘lga kiritish maqsadida unga haftasiga 40 ming yevro ( o‘sha davrlarda bu juda katta ko‘rsatgich edi) maosh belgilangan 4 yillik shartnoma taklif qilgan «Chelsi» voqealar rivoji tamomila boshqacha tus olishini hayoliga ham keltirmagan edi.

Muxlislar jamoaning yangi yulduzidan ko‘p narsa kutishgan bo‘lsada, Bogard ishonchni umuman oqlay olmadi. To‘g‘rirog‘I oqlashni istamadi. Futbolchi mashg‘ulotlarda ter to‘kish o‘rniga qimatbaho mashinalar harid qilishga tushib ketdi. APLning ilk 3 ta turidan so‘ng, Vinsant Londonga faqatgina pul ishlab olish uchun kelgani yaqqol ko‘rinib qoldi. Eng achinarlisi shundaki, Vinsent «Chelsi» jamoasiga faqatgina pul uchun o‘tganini yashirib o‘tirmadi.

«Bu dunyoda hamma narsa pulga borib taqaladi. Agar sizga millionlarni taklif etishsa, aslo rad etmang. Men APL tarixidagi eng omadsiz transfer sifatida qayt etilsam ham xafa emasman.»

«Chelsi» futbolchining bayonotidan so‘ng, uni zahiraga mixlab qo‘ydi. Keyinchalik Bogart yoshlar jamoasi bilan shug‘ulandi lekin, jamoada 4 yil davomida qoldi va o‘zi istagan millionlarni qo‘lga kiritdi. Shunday qilib, qahramonimiz «Chelsi» sharafini atigi 9 tagina uchrashuvda himoya qilgan bo‘lsada, salbiy qahramon sifatida klub muxlislari xotirasida abadiy qolsa, ajab emas.

Xaviyer Saviola

Aslida «Barselona»dan «Real Madrid» safiga borib qo‘shilgan futbolchi malomat toshlari ostida qolib ketishiga o‘rganib qolgan bo‘lsakda, Saviola borasida bunday deya olmaymiz. Sababi, «quyoncha» «Barselona» safida shunchalar kuchsiz futbol namoyish etdiki, muxlislar uning klubdan ketgani uchun quvonib ham qo‘yishdi. O‘z shartnomasi so‘ngida yangi klub izlagan futbolchiga kutilmaganda «Real Madrid» 4 yillik shartnoma taklif etdi. Saviola o‘ylab o‘tirmasdam qaror qabul qildi va 2007-yilda Madridning «Real» jamaosiga erkin agent sifatida o‘tib ketdi.

«Real Madrid» safida saviola 2 yil davomida atigi 5 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qiladi. Futbolchining faoliyati davomidagi eng omadsiz yillar uchun «qirollik klubi» kattagina maosh to‘labgina qolmay, u bilan shartnomani bekor qilgani uchun qo‘shimcha 5 million yevro to‘lashga majbur bo‘ladi.

Joze Bosingva

Londonning «Chelsi» jamoasi bilan YECHLda g‘olib chiqqan portugaliyalik qanot himoyachisi 2012-yilda erkin agent sifatida «QPR» jamaosiga o‘tib ketadi.

Klub ajoyib jamoani shakillantirishga urungan bo‘lsada, «QPR» o‘zi o‘ylagan reajalarning barchasini amalga oshira olmaydi.  Haftasiga 65 ming funt maosh oluvchi futbolchidan «QPR» muxlislarning umidi juda katta edib biroq...

Bosingva yuqorida nomi zikr qilingan futbolchilar singari kuchsiz o‘yin namoyish etmagan bo‘lsada, maydon tashqarisidagi qo‘pol xatolari uchun muxlislar nafratiga uchraydi. Klubda eng katta maosh oluvchi futbolchi sanaladigan Bosingva «QPR» elitada jon saqlab qolish imkoniyatidan ayrilgan uchrashuvda o‘zini juda quvnoq tutadi va katta janjalga o‘ralashib qoladi. «QPR» klubi rasmiy sayti  mavsum so‘nggida Bosingvani klub tarixidagi eng omadsiz erkin agent futbolchi deb e’lon qiladi.

Mark Bosnich

Avstraliyalik posbon futbol tarixidagi eng omadsiz transfer desak, adashmagan bo‘lamiz. Darvozabon bir emas, ikki bor o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmagani bilan tarixda qolgan...

Mark avvaliga 1999-yilda «Manchester Yunayted» klubiga erkin agent sifatida o‘tadi. Futbolchi maydonda juda ko‘p xato qilibgina qolmay, uning tashqarisida o‘zini umuman professional sportchilar singari tuta olmas edi.

Shaxsan Fergussoning o‘zi intervyularidan birida Bosnich haqida so‘zlar ekan. Uning mashg‘ulotdan avval ham undan keyin ham tinimsiz ovqatlanishini kulib aytib bergan edi. Darhaqiqat, Bosnich APL doriasdagi uchrashuvlardan biri so‘nggida klub avtobusida ovqatlanib ketgani bilan ko‘plab jurnalisltalrning tanqidiga uchragan edi.

Eng qizig‘I shundaki, 2001-yilda «Chelsi» Bosnichning hunarlarini bilsada, tekinga qo‘lga kiritish ilinjida uni safga qo‘shib oladi. London klubi Bosnichni Karlo Kudichinich uchun raqobat tug‘dirishini tahmin qilishgan bo‘lsada, Mark 2 mavsum davomida atigi 7 bor darvozani qo‘riqlaydi. Kipper o‘yinlarga jismonan va ruhan tayyor bo‘lmagani bois zahira o‘rindig‘ida bamaylihotir o‘tirar, uni kariyerasi sira qiziqtirmas edi. Eng achinarlisi shundaki, futbolchi «Chelsi»dagi so‘nggi mavsumida uning qonida  giyohvand moddalar aniqlanad va futbolchi kokain iste’mol qilishda ayblanib klubdandan chetlatiladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:43, 26.08.2019.
O'qildi: 9406 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.