Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Sulsherning nishoni aniq

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi One Gunnar Sulsher keyingi transfer oynasi ochilishi bilan sotib olinishi kerak futbolchining nomini oshkor qildi.
«Evening Standart» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, norvegiyalik murabbiy keyingi transfer oynasi ochilishi bilan «Borussiya Dortmund» klubi hujumchisi Jeydon Sanchoni qo‘lga kiritish uchun katta hajmdagi ishni amalga oshirishga tayyorlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Borussiya» o‘z futbolchisini 100 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Futbolchi uchun shuningdek, «Manchester Siti» va «Real Madrid» jamoalari ham kurash olib borishmoqda.

Depay «Lion»ni tark etishi mumkin

Fransiyaning «Lion» jamoasidagi o‘yinlari bilan o‘z imidjini tiklab borayotgan futbolchi transfer oynasi yopilishi arafasida jamoani tark etishi mumkin.
«Tuttosport» nashri tarqatgn xabarlarga qaraganda, futbolchining hizmatlari bilan «Milan» jamoasi jiddiy qizib qolgan. Futbolchining o‘zi ham boshqa jamoaga o‘tishga qarshi emas. Tomonmlar tez orada muzokaralarni boshlashadi.
Eslatib o‘tamiz, Depay yangi mavsumda 3 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 3 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

«Milan» «Atletiko Madrid»ning javobidan hayratda

Milan shaxrining «Milan» jamoasi deyarli ikki haftadan buyon «Atletiko Madrid» jamoasi bilan Anhel Korea borasida kelishvga erisha olmayapti.
«Milan» jamoasi futbolchining 80 foiz huquqini sotib olish uchun 35 million yevro taklif qilgan bo‘lsada, «matraschilar» bundan bosh tortishdi va o‘z hujumchilarining narxini 45 millon yevroga ko‘tarib qo‘yishdi. Bundan tashqari, futbolchi uchun to‘lov bir urunishda amalga oshirilishini ma’lum qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, Angel o‘tgan mavsumda 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 3 bor yo‘l topdi. Bundan tashqari, uning hisobida shuncha assist ham mavjud.

«Krasnodar» «Fenerbaxche» futbolchisiga qiziqmoqda

Rossiyaning «Krasnodar» jamoasi «Fenerbaxche» klubi futbolchisi bilan qiziqb qoldi.
Ruslar jamoaga yangi kelgan bo‘lsada, 6 oyga safdan chiqqan Remi Kabellaning o‘rnini «Fenerbaxche» klubining slovakiyalik yarim himoyachisi Mixe Zays bilan to‘ldirishni niyat qilmoqda.
25 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda Turkiya klubi safida 10 ta uchrashuvda ishtirok etdi va birorta gol kirita olmadi.

Tomas Tuxel Neymarni ketkazishga qarshi emas

PSJ jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel rasman Neymarning «Barselona»ga o‘tishiga qarshi emas ekanligni e’lon qildi.
«Le Parisiyen» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, Tuxel braziliyalik futbolchining o‘rniga Usman Dembele va Ivan Rakitichlarning jamoaga kelib qo‘shilishi istamoqda.
Murabbiy Dembelening salohiyatini juda yaxshi bilgani bois, uni asosiy tarkib futbolchisiga aylantirmoqda. Bundan tashqari, Mbappe va Dembele PSJ uchun ajoyib tandem bo‘lishiga murabbiy shubha qilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Neymarni qo‘lga kiritish uchun bu ikki futbolchidan tashqari yana 125 million yevro to‘lashi lozim.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:41, 29.08.2019.
O'qildi: 6652 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.