Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Temurxo‘ja Abduxoliqov: «Falastin bilan uchrashuvga jiddiy hozirlik olib boryapmiz»

Temurxo‘ja Abduxoliqov: «Falastin bilan uchrashuvga jiddiy hozirlik olib boryapmiz»

Baho:
+ | -

Bilasiz, sentyabr oyida Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari start oladi. Saralash bahslarining “D” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk o‘yinini safarda Falastinga qarshi o‘tkazadi. Ayni paytda Ektor Kuper boshchiligidagi milliy jamoamiz mazkur o‘yinga hozirlik jarayonini davom ettirmoqda.

Milliy terma jamoamiz hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov O‘FA rasmiy saytiga tayyorgarlik jarayoni hamda oldindagi uchrashuv borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Jahon chempionati-2022 saralashining ikkinchi bosqichiga tayyorgarlik jarayonini boshlab oldik. Tarkibdagi barcha yigitlar yig‘inga yaxshi kayfiyatda yetib kelishmoqda va oldindagi muhim o‘yinga jiddiy hozirlik olib borishmoqda.

Guruhimiz haqida gap ketganda, raqiblar ichida Saudiya Arabistoni terma jamoasini favorit, deb hisoblash mumkin. Shuningdek, bizning terma jamoa ham favorit. Biz faqat guruhda 1-o‘rinni egallash va keyingi bosqichga yo‘l olish uchun kurash olib boramiz. Lekin guruhdan o‘rin olgan qolgan raqiblarga ham bepisand qaramaslik lozim. Misol uchun, Falastin terma jamoasining ham qanday o‘yin ko‘rsatishini oldindan taxmin qilish qiyin. Shu sababdan ham oldindagi o‘yinlarga to‘liq kuch bilan jiddiy tayyorgarlik olib boramiz.

Yig‘inimiz bir hafta davom etadi va so‘ngra ikkinchi saralash bosqichidagi ilk o‘yinni Falastin terma jamoasiga qarshi o‘tkazamiz. Mazkur bahsga tayyor bo‘lish uchun vaqtimiz yetarli.

O‘z navbatida, biz saralashni muvaffaqiyatli o‘tkazishga va Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga harakat qilamiz, - dedi mahoratli futbolchi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 17:52, 30.08.2019.
O'qildi: 4071 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик