Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -1

Ushbu rukndagi so‘nggi ma’lumotlarni berishda davom etamiz.

Falkao endi Italiyaga yo‘l olmoqchi

Butun transfer oynasi davomida hammaning e’tibor markazida turgan hujumchi so‘nggi kunlarga kelib oz qarorini o‘zgartirdi va Italiya klublaridan biriga o‘tishni reja qilmoqda. «Fotball Italia» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda futbolchi «Fiorentina» klubiga o‘tishi mumkin. Ushbu transfer oynasi davomida Frank Riberi, Kevin Boateng singari futbolchilarni qo‘shib olishga muvaffaq bo‘ldi.

Futbolchi Bir oy davomida bir nechta jamoalarga o‘tishi tahmin qilingan bo‘lsada, uning transferi amalga oshmagan edi.

Everton «Milan»ga o‘tadi

Milanning «Milan» klubi «Gremio» jamoasi hujumchisi Everton borasida o‘zining so‘nggi taklifini yubordi.

Unga ko‘ra, italiyanlar futbolchi uchun 30 million yevro taklif etadi va futbolchiga 4 yillik shartnoma ham taklif etadi. Agarda tomonlar o‘zaro kelishuvga erishsa, futbolchi hafta so‘ngida Yevropaga uchib keladi.

23 yoshlik  futbolchi uchun Braziliya klubi 35 million yevro talab qilmoqda. «Milan» jamoasi futbolchi uchun yana besh million yevroni bonus sifatida taqdim etishni rejalashtirmoqda.

«Arsenal» jamoasi Turkiyaga yo‘l oladi

Londonning «Arsenal» jamoasi yarim himoyachisi Muhammad El Nenni shu kunlarda Turkiyaning «Beshiktosh» klubiga o‘tishga juda yaqin turibdi.

Futbolchining transfer qiymati 15 million atrofida baholanmoqda. Futbolchi tezroq jamoadan ketishni istamoqda. Gap shundaki, Emiri uni asosiy tarkibdan butunlay chetlatilgach, misrlik futbolchi o‘yin amaliyotga ega bo‘lish uchun boshqa klubga otishni istamoqda.

Lyorente «Napoli»ga o‘tishga yaqin

Ispaniyalik hujumchi tez orada Italiya klublaridan biriga o‘tishi kutilmoqda. Hozirda erkin agent maqomida bo‘lgan futbolchi «Fiorentina» va «Napoli» jamoasidan biriga o‘tishni reja qilmoqda.
Katta ehtimol bilan bu klub «Napoli» bo‘lishi mumkin. Ushbu klub futbolchiga 2,5 million yevro yillik maosh ko‘rsatilgan 1 yillik shartnoma taklif qilmoqda.

Neymar sobiq jamoasidan uzr so‘radi

PSJ klubi hujumchisi Neymar «Barselona» klubidagi sobiq jamoadoshlaridan uzr so‘radi. «Soccer» sayti tarqatgan xabarlarga ko‘ra, futbolchi ushbu transfer oynasi chog‘ida Katoloniyaga qaytishni istaganini ammo, Parij klubining qaysarligi sababli bu transfer amalga oshmaganini aytib uzr so‘ragan.

Taniqli Jerar Romeroning axborot berishicha, Neymarning transferi 2 ta sabab tufayli amalga oshmadi. Ulardan biri PSJning suniy tarzda Neymarning narxini oshirgani bo‘lsa, ikkinchisi «Barselona»ning Dembeleni jamoada saqlab qolishga bo‘lgan urunishi xammasini barbot qilgan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:25, 31.08.2019.
O'qildi: 6471 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.