Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

La liga. «Osasuna» «Barselona»ni g‘alabadan mahrum qildi (videosharh)

La liga. «Osasuna» «Barselona»ni g‘alabadan mahrum qildi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya La ligasining 3-turi doirasida «Barselona» yana ochko yo‘qotdi. Valverde shogirdlari «Osasuna» maydonidan durang bilan qaytishdi.

Kataloniyaliklar birinchi bo‘limni ancha sust o‘tkazishdi. Boz ustiga mezbonlar 7-daqiqada maydonning raqibga tegishli qismida to‘pni egallab olib hisobni ochishdi. Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Roberto Torres yaqin masofadan kuchli zarba bilan hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa maydonga Ansuman Fati tushirildi. U 50-daqiqada Karles Peres yetkazgan uzatmani bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida yana o‘sha Peres uzatmasidan keyin Artur to‘pni qabul qildi, ikki himoyachini aldadi va darvozani ishg‘ol qildi.

"Barselona" g‘alabani ushlab qola olmadi. Maydondan chiqib ketayotgan to‘pni "Osasuna" futbolchisi chiziq oldida orqaga qaytarmoqchi bo‘ldi, ammo to‘p qo‘lini ko‘targan Pikening qo‘liga tegdi. Ha, Pike ataylab qilmadi, masofa juda yaqin edi. Ammo FIFAning yangi qoidaga ko‘ra, yelkadan baland ko‘tarilgan qo‘lga tekkan to‘p uchun 11 metrli jarima zarbasi belgilanadi.

Roberto Torres penaltidan unumli foydalanib, "dubl"ni rasmiylashtirdi va hisobni tenglashtirdi. O‘yin so‘ngida Karles Peres g‘alaba golini urishi mumkin edi, ammo u yakkama-yakka vaziyatda zarba berishga ulgurmadi.

Shu tariqa, "Barselona" La liganing 3-turidan keyin atigi 4 ochko jamg‘ardi.

Ispaniya chempionati, 3-tur
Osasuna – Barselona 2:2 (1:0)
Gollar: 1:0 – 7 Roberto Torres, 1:1 – 51 Fati, 1:2 – 64 Artur, 2:2 – 81, penalti Roberto Torres.
Osasuna – Ruben Martines, Estupinyan, David Garsiya, Vidal, Aridane, Merida (Monkayola, 71), Oyer Sanxurxo, Roberto Torres, Ruben Garsiya (Ibanyes, 65), Chimi Avila, Brandon (Vilyar, 78).
Barselona – ter Stegen, Pike, Semedu (Fati, 46), Langle, Serdji Roberto, Rafinya (Artur, 53), de Yong (Vidal, 82), Karles Peres, Buskets, Alba, Grizmann.
Ogohlantirishlar: Merida (13), Serji Roberto (32), de Yong (37), Brandon (43), Pike (82), Monkayola (90), Langle (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:10, 31.08.2019.
O'qildi: 5016 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик