"Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares o‘z kelajagi borasidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab oldi. Forvard faoliyatini qayerda davom ettirishni xohlayotganiga oydinlik kiritdi.
Argentinalik hujumchi unga da’vogarlik qilayotgan "Real Madrid" va "Barselona" o‘rtasida tanlov qildi. U Kataloniya klubiga ko‘chib o‘tish variantiga moyil. Bu haqda jurnalist Janluidji Longari xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Real» Alvares uchun 150 million yevro to‘lashga tayyor. «Barselona» esa hozircha uning transferi uchun 100 million yevro ajratishi mumkin.













