Kirish Ro'yxatdan o'tish

APLning ikki grand klubi «Barselona» yarim himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

APLning ikki grand klubi «Barselona» yarim himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» klubi 22 yoshli yarim himoyachisi Mark Kasado Angliya Premyer-ligasida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda «Teamtalk» nashri ma’lumot tarqatmoqda.

Manbaning xabar berishicha, «Chelsi» va «Manchester Yunayted» klublari yarim himoyachini o‘z saflariga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Klublar futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatib borishmoqda, biroq hozircha u bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqishgani yo‘q.

Kasado 2024 yildan boshlab «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy jamoasi o‘yinlariga jalb qilina boshlagan. Yarim himoyachi va «Barselona» o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi. «Transfermarkt» portali ekspertlari uning transfer bahosini 18 million yevroga baholashmoqda.

Kiritildi: 12:08, 09.06.2026.
O'qildi: 804 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик