Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Eldor Shomurodov rus jurnalistlarini e’tiborida

Eldor Shomurodov rus jurnalistlarini e’tiborida

Baho:
+ | -

Hozirda «Rostov» jamoasida to‘p surayotgan  hamyurtimiz RPL to‘purarlari poygasida yetakchilik qilayotganidan xabaringiz bor. Yurtdoshimiz,  «Lokomotiv» darvozasiga ikkita gol urgach, asosiy ta’qibchisidan o‘zib ketdi va to‘purarlar ro‘yxatida birinchi pog‘onaga chiqib oldi. Uning kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi o‘yini va urgan gollari haqida taniqli rus jurnalisti Konstantin Kaluskiy o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ushbu uchrashuvni juda zerikarli va yopiq tarzda o‘tishni tahmin qilgan bo‘lsakda, o‘yin tamomila boshqacha ko‘rinish oldi. O‘ylashimcha, «Lokomotiv»  jamoasi uchrashuv boshida katta kuch yo‘qotgani bois, mag‘lubiyatga uchradi. «Temiryo‘lchilar» o‘yining ilk daqiqalaridanoq bor e’tiborini hujumga qaratdi va  oldinga tashlanishdi. Oqibatda ehtiyotkor futbolni tamomila unutib qo‘yishdi. O‘ylangan reja amalga oshmagach esa, birinchi golni o‘tkazib yuborishdi va kichik shok xolatiga tushib qolishdi.

Moskvaliklar Ionov, Popov, Yeryomenko, Shomurodovdan tashkil topgan kvartet hozirda Rossiyadagi eng xavflisi ekanligini unutib qo‘yishdi va ochiq futbol tarafdori ekanliklarini e’lon qilishdi. Aynan shu sababli «Lokomotiv» himoyachilari Eldorga maydonda erkin harakat qilish imkonini qoldirishdi.

Shu o‘rinda «Rostov» safida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik hujumchi haqida to‘xtalib o‘tsam. Eldor o‘yin davomida 4 ta gol ham kiritishi mumkin edi, sababi «Loko» o‘sha oqshom o‘zbekka qarshi hech qanday chora topa olmadi. Ikki klubda ham hujumchilar borasida muammo yo‘q edi. Smolov ajoyib futbolchi bo‘lsa, Shomurodov ayni damda undan-da kuchliroq o‘yin ko‘rsatmoqda.

«Lokomotiv» himoyasida Xyovedes, Chorluka, Ignatyev singari tajribali himoyachilar o‘yin davomida Shomurodovdan bir qadam ortda qolishdi. Uning o‘yin davomida kiritgan gollariga e’tibor qarating! Ikkala vaziyatda ham o‘zbek himoyachilardan chaqqonroq ekanligini yana bir bor isbotlab qo‘ydi. Bundan tashqari, Shomurodov bo‘yi u qadar baland bo‘lmasa-da, bir necha marotaba havoda bo‘lgan to‘p uchun kurashlarda g‘olib chiqishni uddaladi. Hozirda Shomurodov bizning chempionat saviyasidanda balandroq birinchiliklarda to‘p sura oladigan darajaga chiqib bormoqda.

O‘zbekiston yerlarida mana shunday iqtidorning tavallud topgani quvonarli. Bu futbolchini kuzatgan va klubga tavsiya qilgan skautlarga yana bir bor qoyil qolmasdan ilojimiz yo‘q. «Rostov» chempionat startida ajoyib tezlik olishga muvaffaq bo‘libgina qolmay, chiroyli o‘yin ko‘rsatishni ham qoyillatmoqda. «Rostov» amaldagi chempionlarga qarshi uchrashuvda ham himoyadan emas, hujum orqali o‘yin tashkil etgani tablodagi natijaga ta’sirini o‘tkazdi. «Rostov»ning 2-golidan keyin to‘p nazorati 50%ga 50% ni tashkil etdi. Aniq zarbalar borasida 2:3, «sariq-ko‘klar» foydasiga! Bundan ko‘rinib turibdiki, ochiq futbol namoyish etish borasida rostovliklar raqibdan kuchliroq chiqishdi. Karpin o‘z futbolchilarini asosan chap qanotdan hujum qilishini talab qilgani va o‘yin davomida zaxira futbolchilaridan unumli foydalanganini alohida qayd etib o‘tish lozim.

Karpin o‘yin so‘ngida biroz ayyorlikni amalga oshirdi va to‘liq qarshi hujumga o‘tib oldi. Ushbu o‘yinda ilk bor Karpin 5 ta himoyachidan foydalandi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Chernov tomonidan ijro etilgan ikkita seyv futbol tarixidan abadiy joy olishi aniq. Himoyachi ikki bor bo‘sh qolgan darvozadan to‘pni olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi va ikkinchi seyvda chinakam jonkuyarlik namoyon etdi. To‘g‘risi, o‘yinga durang natija mos tushar edi desam, adashmagan bo‘laman. O‘sha oqshom «Loko» mag‘lubiyatga loyiq emas edi, biroq omad juda ko‘p narsani hal qilganini hamma ko‘rdi. Hammasini omadga yo‘yish insofdan bo‘lmas, tan olish lozim, «Rostov» futbolchilari chinakam qahramonlik namoyish etishdi va 3 ochkoni qo‘lga kiritshni juda istashdi.

Men «Rostov»ning turnir peshqadamlaridan biriga aylanib olishga haqli deya olmayman. Ushbu vaziyatni mashhur «Borodino» jangi haqida aytilgan so‘z bilan ifodalashga urinib ko‘raman.

«Ushbu jangda fransuzlar kuchli edilar, biroq ruslar o‘sha jangda yengilmas bo‘lishga loyiq jang qilishgan edi».

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:12, 02.09.2019.
O'qildi: 13361 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.