Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Yozning eng omadli transferlari

Yozning eng omadli transferlari

Baho:
+ | -

Yaqindagina yopilgan  transfer oynasi bizga ajoyib haridlarni taqdim etdi va yangi mavsumga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. Shu o‘rinda ularning hammasini ham oldindan omadli deyish noo‘rin. Shunday bo‘lsada, ayrim transferlarni alohida qayt yetish joiz. Bugun ushbu transfer oynasi davomida klublar tomonidan xarid qilingan eng foydali transferlardan tashkil topgan kuchli beshlikni e’tiboringizga taqdim etamiz.

 Mauoro Ikardi

«Inter» klubining sobiq sardori sanaladigan argentinalik futbolchi o‘tgan mavsumda muammolarga o‘ralashib qoldi va jamoadan ketishi aniq bo‘lib ulgurdi. Boz ustiga Antonio Konte jamoa tepasiga kelgach, ichki muhitni yaxshilash maqsadida futbolchini mashg‘ulotlardan chetladi va uni transferga qo‘ydi. Futbolchi uzoq muddat davomida «Yuventus»ga o‘tishni istagan bo‘lsada, bu ish amalga oshmadi. Ushbu vaziyatdan PSJ unumli foydalanib oldi va Ikardini ikki yilga ijaraga sotib olish sharti bilan o‘z safiga qo‘shib oldi. To‘g‘ri, jamoaning hujum chizig‘ida Neymar, Mbappe, Kavani singari top hujumchilar mavjud, biroq jarohatlardan hech kim sug‘urtalanmagan. Aynan Neymarning jarohati ularni o‘tgan mavsumda YECHL tarixidagi eng omadsiz jamoaga aylantirganini unutmaslik lozim. Ikardi o‘z o‘yinini to‘liq namoyish eta olsa, Kavani uchun chinakam raqobat hosil eta oladi. Sog‘lom raqobat esa, Parij klubi hujumchilarning o‘z ustida ishlashdan to‘xtab qolmasligini kafolatlaydi.

4-o‘rin Koutinyo «Bavariya»

Nemislar«Robberi» tandem klubni tark etgach, transfer oynasida faol bo‘lishga intilishdi va qaysidir ma’noda bu ishni uddalashdi.  Braziliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda «Barselona» safida ko‘zga tashlanmagan bo‘lsada, o‘z yurtida bo‘lib o‘tgan «Kopa Amerika» musobaqasida juda faol bo‘ldi va o‘zining nimalarga qodir ekanligni yana bir isbotlab qo‘ydi. Aynan shu musobaqadan so‘ng, unga bo‘lgan e’tibor yanada oshdi va futbolchi bilan bir nechta top klublar uning uchun kurashga qo‘shildi. O‘zining tejamkorligi bilan nom qozongan klub futbolchini ilib ketdi. Yana bir yilga sotib olish sharti bilan ijaraga olgani kishini hayron qoldiradi. Koutinyo maydon markazida qanchalar faol ekanligi haqida ortiqcha ta’rif berishning hojati yo‘q. U maydon markazida jamoaning hujumlarini ajoyib tarzda boshlab beribgina qolmay, standart vaziyatlardan ham naf chiqara oladi. Bundan tashqari, ehtiyoj bo‘lsa, bemalol qanot hujumida ham faollik namoyish eta oladi. Bir so‘z bilan aytganda «Bavariya» muxlislarini ajoyib transfer bilan qutlashimiz mumkin.

Lukas Ernandes

«Bavariya» jamoasining yana bir omadli transferi deb atalishga haqli bo‘lgan futbolchini ushbu ro‘yxatga qo‘shmaslik mumkin emas. U himoya markazida ham qanotlarda birdek faol o‘yin namoyish eta oladi. Bundan tashqari, kerakli paytda tayanch yarim himoyachisga ham aylanishi hech gap emas.
Fransiyalik himoyachi Simeoni qo‘l ostida chinakam jangchi bo‘lib yetishdi. U to‘p uchun kurashlarda faol bo‘libgina qolmay, qanotda to‘p surgan chog‘larida hujumchilarga katta naf bera oladi. «Bavariya» uning transferi ortida bir yo‘li bir nechta pozisiyadagi futbolchilarga sog‘lom raqobat yaratibgina qolmay, jamoaning o‘z darajasiga qaytishiga katta qadam tashladi.

Joa Felish «Atletiko Madrid»



Ortiqcha pul sarf etmasdan grandlar bilan tengma-teng darajada turishni eplab kelayotgan klub Antuan Grizmanni «Barsa»ga sotib yuborgach, ko‘pchilikni hayron qodirib «Benfika» klubining iqtidorli yigiti Joa Felishning transferi uchun 120 milliondan voz kechdi. Avvaliga tushunarsizdek tuyulgan transfer juda qisqa muddatda o‘zini to‘liq oqladi. Felish bir zumda klubdagi yangi futbolchidan jamoaning yetakchsiga aylanib oldi.

Yangi Ronaldu deb erkatilayotgan futbolchi u haqida barcha so‘zlarning ayni haqiqat ekanligini isbotlab qo‘yishga kirishib ketdi. Quvonarlisi shundaki, «Atletiko» «katta» pul evaziga mashxur futbolchini emas, futbolga va g‘alabalarga juda chanqoq bo‘lgan yosh iqtidor egasini harid qildi. Qo‘shimchasiga, Simeonining yoshlar bilan ishlash tajribasi futbolchi uchun asqotishi aniq. Argentinalik mutaxassis ko‘plab futbolchilarni yangi darajaga ko‘tarishga muvaffaq bo‘lganini unutmaslik lozim. Shunday ekan, ushbu transfer yozning eng ko‘zga ko‘ringanlaridan biri bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:59, 04.09.2019.
O'qildi: 12852 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.