Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Shaxmat. Hamyurtlarimiz Hindistonda

Shaxmat. Hamyurtlarimiz Hindistonda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Hindistonning Deli shahrida joriy yilning 4-11 sentyabr kunlari shaxmat bo‘yicha 6,8,10,12,14,16,18 va 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida G‘arbiy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa qatnashchilari standart, rapid va blis bo‘yicha bellashadilar. Chempionat 9 turdan iborat bo‘lib, nazorat vaqti 90 daqiqani tashkil qiladi(standart shaxmat). Har bir yurishdan so‘ng shaxmatchilarga 30 soniyadan vaqt qo‘shib beriladi.

Blis shaxmatda esa umumiy 3 daqiqa, har bir yurishga esa 2 soniyadan vaqt qo‘shib beriladi.
Musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritganlar Xalqaro grossmeystr unvoniga ega bo‘lishadi.
O‘zbekiston Shaxmat federasiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, yurtimiz sharafini 11 shaxmatchi himoya qilmoqda. Ular orasida FIDE toifasidagi sport ustalari Abdisalimov Abdimalik va Abdruhmonov Muhammadali hamda ayollar o‘rtasida xalqaro toifadagi sport ustasi Abdusattorova Bahora ham bor.

Bugun boshlanadigan musobaqada hamyurtlarimizga omad tilab qolamiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:44, 06.09.2019.
O'qildi: 1536 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик