Entoni Gordon xarid qilinganidan so‘ng «Barselona»ning yozgi transfer oynasi uchun rejalari ma’lum bo‘ldi. The Touchline xabariga ko‘ra, «Barselona» transfer bozorida Robert Levandovskiga o‘rinbosar topishni ustuvor vazifa deb biladi.
Manbaga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» yangi hujumchi bilan shartnoma imzolamaguncha, boshqa bitimlar bilan, jumladan, Markus Reshfordni sotib olish imkoniyati bilan shug‘ullanmaydi. «Barselona»ning «to‘qqizinchi raqam» pozisiyasiga asosiy maqsadi avvalgidek «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares bo‘lib qolmoqda.
Yakunlangan mavsumda Alvares barcha musobaqalarda 49 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 20 ta gol kiritdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













