Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

Habib yoki PorYE? Futbolchilar kimga muxlislik qiladi?

Habib yoki PorYE? Futbolchilar kimga muxlislik qiladi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

7 centabr kuni UFC chemioni Habib Nurmagamedov Dastin Poryega qarshi oktagonga chiqishidan xabaringiz bor. Ushbu sport turi bilan qiziquvchan futbolchilar o‘z ijtimoiy tarmoqlarida jangni katta qiziqish bilan kutishayotganini yashirib o‘tirishmayabdi. Bundan tashqari, ayrim nashrlar mashxur futbolchilarga aynan shu masalasida savol bilan yuzlanishga ham ulgurdi. Bugun ushbu jangda futbolchilar kimga muxlislik qilishlarini bilib qiziqib ko‘rdik.

Zlatan Ibrahimovich

Men uchun Habib 1-raqamli jangchi! U yangi chempion va u Makgregorni yanchib tashlagan sportchi! Bruklinda bo‘lib o‘tgan jangda u raqibini har raundda yerga uloqtirishni uddasidan chiqqanini unutmaslik kerak. O‘sha jangda Habib naqadar kuchli sportchi ekanligini hammaga ko‘rsatib qo‘ydi. Unda grepling va kurash sportining uyg‘unligi mavjud. Men bu jangda Habib raqibini yer bilan bitta qilib tashlashini tomosha qilishimga shubham yo‘q.

Virjil van Deyk

Men UFC ni doimmo kuzatib boraman. Futboldan so‘ng men uchun eng yaqin bo‘lgan sport turi bo‘lgani uchun Habib va Porye o‘rtasidagi baxsni katta qiziqish bilan kutyapman. Tan olishim lozim, menga ko‘proq Porye yoqadi. Men uning jang haqidagi so‘zlarini eshitdim. Unga ko‘ra, u Habibni mag‘lub qilmoqchi. Eshitilishi g‘alati bo‘lsada, unutmaslik lozim! Doimmo g‘alaba qozonoshning iloji yo‘q.  Mag‘lubiyatdan qochib bo‘lmaydi. Ertami-kechmiish bu ish amalga oshadi.

Luish Figu

Katta futboldan ketgach, UFCga o‘xshash tadbirlarda tez-tez ishtirok eta boshladim. Ana shunday tadbirlardan birida men Habib bilan tanishdim. Bir qarashda uning yaxshi inson ekanligini sezish qiyin emas. Habib uchun birinchi navbatda or-nomus turadi. Pul Habib uchun eng so‘nggi o‘rindagi omil! Bunday sportchilar hozir juda-juda kam uchramoqda! Jang borasida Habibning g‘alaba qozonishiga shubham yo‘q. Amerikalik sportchi qanchalar kuchli bo‘lmasin, Habib parterda istalgan jangchini zararsizlantira oladi. Men bu jangni tomosha qilish uchun Abu-Dabiga borishni rejalashtiryapman. Bu jangda Habib yaqqol fovorit.

Ronaldu

Men Habibni doimmo qo‘llab-quvvatlayman. Bu ayni haqiqat. «Real Madrid»da to‘p surib yurgan davrlarimda u mening o‘yinimga tashrif buyurgan edi. Biz biroz muloqot qildik va bir-birimizga sovg‘alar hadya etdik. Men uni hurmat qilaman va UFCga jiddiy ko‘z bilan qarayman. UFC jangchilarining jismoniy tayyorgaligi qolgan sport turlaridan ancha ilgarilab ketgani hech kimga sir emas. 7-centabr kuni Habibga muxlislik qilaman. O‘ylashimcha jangda Habib g‘olib chiqadi, biroq bu Konor bilan bo‘lgan jang kabi oson o‘tmasligi aniq. Dastin uzoq muddat tayyorgarlik olib bordi va u maksimum natija uchun jangga chiqadi. Ming afsuski, jangni bevosita Abu-Dabida tomosha qila olmayman.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:15, 06.09.2019.
O'qildi: 14796 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.