Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha xalqaro musobaqa qizg‘in davom etmoqda

Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha xalqaro musobaqa qizg‘in davom etmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha «Satellit» xalqaro musobaqasi start oldi. Tokio olimpiadasi uchun muhim reyting ochkolarini qo‘lga kiritish imkonini beradigan turnirning ilk kunida erkaklar rapira qurolida kurashga kirishdilar.

Musobaqaning dastlabki oltin medali turkiyalik qilichboz Martino Minutoga nasib etdi. Turkiyalik rapirachi hal qiluvchi bellashuvda rossiyalik Ivan Troshinni 15:8 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Yarim finalda imkoniyatni boy bergan qozog‘istonlik Tamirlan Kaliyev hamda singapurlik Kevin Chan bronza medali bilan taqdirlanishdi.

Ayni paytga kelib, ayollar o‘rtasida ham bahslar o‘zining qizg‘in pallasiga kirgan. Quvonarlisi, unda ikki nafar hamyurtimiz yarim final bosqichigacha yetib bordi. Kechki dasturda final yo‘llanmasi uchun kechadigan bahsda Umida Ilyasova rossiyalik Marta Martyanova bilan, Yana Alborova esa italiyalik Marta Kammilletti bilan ro‘baro keladi. 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:18, 06.09.2019.
O'qildi: 1872 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик