Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

19 yoshli qiz «US Open» g‘olibiga aylandi

19 yoshli qiz «US Open» g‘olibiga aylandi

Baho:
+ | -

AQSHning Nyu-York shahrida o‘tkazilayotgan "katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi US Open turnirida ayollar o‘rtasidagi bahslarda chempion nomi aniqlandi. Finalga qadar mezbon tennischi Serena Uilyams va kanadalik Byanka Andreesku yetib kelishdi.

19 yoshli sportchi faoliyatida ilk marta "katta dubulg‘a"ning finaliga chiqqaniga qaramay, 37 yoshli Serenaga qarshi dadil o‘yin namoyish qildi. O‘yin boshidanoq u "breyk"ni amalga oshirib, oldinga chiqib oldi va set oxiriga qadar ustunlikni qo‘ldan chiqarmadi — 6:3.

Ikkinchi setni Andreesku kuchli o‘yin namoyish qilib, hisobni 5:1ga yetkazib oldi. O‘zi to‘pni o‘yinga kiritgan geymda matchbolga ega bo‘ldi. Ammo tajribali Uilyams qiyin vaziyatdan chiqib ketib, ketma-ket 4ta geymni qo‘lga kiritdi — 5:5. Kanadalik sportchi tushkunlikka tushib qolmadi: u dastlab o‘z geymini yutib olib, so‘ngra Serenaning geymini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi — 7:5.

Shu tariqa, Byanka Andreesku faoliyatidagi uchinchi sovrin, birinchi "katta dubulg‘a"ni qo‘lga kiritdi.

Serena Ulyams ketma-ket 4ta "dubulg‘a"ni boy bermoqda. Kecha u juda yomon o‘yin namoyish qildi. Ayniqsa, birinchi to‘p uzatish aniqligi atigi 44%ni tashkil qildi. AQSHlik sportchi majburiy bo‘lmagan xatolarga juda ko‘p yo‘l qo‘ydi. Byanka tezlik borasida raqibini ortda qoldira oldi.

«US Open»dagi g‘alaba Byankaga 3.850 000 dollar miqdoridagi pul mukofoti hamda 2000 reyting ochkosini taqdim etdi. Natijada u kelasi haftada e’lon qilinadigan WTA reytingida 7-o‘ringa ko‘tarilib oladi. E’tiborli tomoni shundaki, 2019 yil boshida kanadalik tennischi top-150ga ham kirmagan edi.

Andreesku ushbu yilda ikkinchi marta Serena Uilyamsni mag‘lub etdi. Kanadada bo‘lib o‘tgan "Rogers Cup" finalida bu tennischilar to‘qnash kelishgan edi. Birinchi setda Byanka 3:1 hisobida oldinda borayotganida AQSHlik tennischi o‘z ishtirokini to‘xtatishga qaror qilgan.

US Open. Nyu-York, SSHA (sovrin jamg‘armasi – 57 000 000 dollar)
Ayollar, yakkanlik, final
Byanka Andreesku (Kanada) – Serena Uilyams (AQSH) - 6:3|7:5

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:32, 08.09.2019.
O'qildi: 4895 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.