Kirish Ro'yxatdan o'tish

US Open: Nadal – musobaqaning to‘rt karra g‘olibi

US Open: Nadal – musobaqaning to‘rt karra g‘olibi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Rafael Nadal AQSHning Nyu-York shahrida 26 avgustdan 8 sentyabrgacha davom etgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi US Open musobaqasi g‘olibi bo‘ldi.

US Open musobaqasining erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida dunyoning ikkinchi raketkasi Rafael Nadal hal qiluvchi final uchrashuvida rossiyalik Daniil Medvedevga qarshi kortga chiqdi.

Qariyb 5 soatu davom etgan dramatik finalda Rafa 3:2 (7/5, 6/3, 5/7, 4/6, 6/4) hisobida zafar quchib, o‘z faoliyatida to‘rtinchi bor US Open g‘olibiga aylandi.

Bu 33 yoshli ispanning “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirlardagi 19-sovrini bo‘ldi. Ushbu g‘alabadan so‘ng Nadal hisobini deyarli 4 million dollarga boyitib oldi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:23, 09.09.2019.
O'qildi: 2100 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик