Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

O‘g‘rilardan jabr ko‘rgan futbolchilar

O‘g‘rilardan jabr ko‘rgan futbolchilar

Baho:
+1 | -

Mashxur futbolchilarning uylariga og‘ri va talonchilar tomonidan bosqinchilik xolatlari tez-tez kuzatilib turadi. So‘nggi yillarda bu xol yanada avj olgani achinarli. Bugun o‘g‘rilardan jabr ko‘rgan futbolchilar haqida so‘z boradi.

Marik Gamshik

Italiya hali-hamon mafia o‘chog‘i ekanligi hech kimga sir emas. Niapol shaxri esa, jinoyatchilikning chinakam markazi sifatida alohida qayd etiladi. Ushbu shaxarda istiqomat qiluvchi Marik Gamshik ham qurolli bosqin qurboni bo‘lganligiga ishonish qiyin. Futbolni sevuchi shaxar aholis uchun Marek chinakam yetakchi va jamoaga sodiq futbolchi sifatida hurmatga sazovar shaxs bo‘lsada, ikki bor tunab ketilgan. Avvaliga 2008-yilda futbolchining mashinasini qurolli kimsalar to‘xtatib futbolchining soati va naqd pullarini olib ketgan bo‘lsa, 2013-yilda ushbu xolat yana takrorlanadi. Bu safar ham slovakiyalik futbolchi qo‘l soatidan ayriladi. Umumiy qilib aytganda futbolchi bosqinlar ortidan 250 ming yevro zarar ko‘rgan ekan.

Pele

Braziliya ham jinoyatchilikdan katta zarar ko‘ruvchi davlatlar sirasiga kiradi. Ushbu yurt jinoyatchilari xalq qahramoni va futbol otasi sanaladigan Peleni ham tunab ketganiga ishonish qiyin. 2008-yilda futbol afsonasi o‘z mashinasida qurshovga olinadi. 10 kishidan iborat jinoiy to‘da Pelening qo‘l telefoni, naqd pullari va tilla zanjirini tortib olishadi. Eng qizig‘I shundaki, ertasi kuni o‘g‘rilardan biri sobiq futbolchini tanib qoladi va uning soatini qaytarib beradi. Qolgan buyumlar esa, to‘dadagi boshqa yigitlar tomonidan o‘zlashtirib yuborilgani bois, Pele ulardan umid uzishga majbur bo‘ladi. Pele unga soatini qaytarib bergan o‘g‘ri haqida polisiyaga arz qilishdan bosh tortadi  qolgan buyumlaridan voz kechadi. Ushbu xodisadan so‘ng, Pelening jinoyatchilar dunyosida martabasi oshib ketadi.

Frenk Lempard

2005-yilda qallig‘i bilan London chetidagi hashamatli saroyga ko‘chib o‘tgan Frenk ham og‘rilardan jabr ko‘rgan. Futbolchining uyiga yarim tunda bosqinchilar kirib keladi va uydagi barcha qimmatbaxo buyumlarni umarib ketishadi. Futbolchi va uning qallig‘I ikkinchi qavatda bo‘lgani bois, pastadagi shovqinni eshitishmaydi. Bu ham yetmaganidek, o‘g‘rilar Lempardning qimmatbaxo ikkita mashinasini ham o‘g‘irlab ketishadi. Eng qizig‘I shundaki, Frenkning uyidan og‘irlangan buyumlarning birortasi ham topilmaydi. Oqibatda futbolchi yangi uyini bir yildan so‘ng sotib yuboradi.

Anhel Di Maria

«Manchester Yunayted» safiga endigina kelib qo‘shilgan Anhel ham bunday yoqimsiz xolatdan bebaxra qolmagan. To‘g‘ri, futbolchi katta talofat ko‘rmagan biroq, bosqinchilar uyga kirib kelganida Di Marianing qizi va turmush o‘rtog‘I uyda bo‘lgan. O‘g‘rilar polisiya mashinasining ovozini eshitiboq uyni tark etishgan.

Bo‘lib o‘tgan xodisadan so‘ng, futbolchi o‘sha kuniyoq Mehmonxonaga ko‘chib o‘tadi. Oradan ko‘p o‘tmay u Angiliyani tark etadi.

Kevin Prins Boateng

Futbolchi «Barselona» safiga o‘tganiga bir oy ham bo‘lmasdanoq o‘g‘rilar tomonidan tunab ketiladi. 2019-yilning 16 fevral sanasida Kataloniya klubi La Liga doirasida «Valensiya» jamoasini qabul qilayotgan edi. O‘yin boshlangan vaqtda bosqinchilar Kevinning uyiga og‘rilikka tushishadi. Ular futbolchi bu vaqtda uyda bo‘lmasligini aniq bilishganini taxmin qilish mumkin. O‘sha oqshom futbolchi umumiy hisobda 300 ming yevrodan ortiq moddiy zarar ko‘radi. Bechora Kevin og‘rilik sodir etilgan kundan so‘ng mehmonxonaga ko‘chib o‘tadi va jamoadan ketguniga qadar o‘sha mehmonxonada istiqomat qiladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:42, 10.09.2019.
O'qildi: 5478 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.