Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Ertaga «CAFA U-15 Girls Championship-2019» musobaqasi oldidan matbuot anjumani o‘tkaziladi

Ertaga «CAFA U-15 Girls Championship-2019» musobaqasi oldidan matbuot anjumani o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, joriy yilning 11-17 sentyabr kunlari poytaxtimizda Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi tomonidan “CAFA U-15 Girls Championship-2019” musobaqasi o‘tkaziladi. Mazkur turnirda 15 yoshgacha bo‘lgan qizlardan iborat 4 ta yurt terma jamoalari ishtirok etishadi.

“CAFA U-15 Girls Championship-2019” musobaqasida O‘zbekiston, Eron, Qirg‘iziston hamda Tojikiston terma jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.

Ertaga, 12 sentyabr kuni “SIMMA” mehmonxonasi ajumanlar zalida ishtirokchi mamlakatlar terma jamoalari bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anumani o‘tkaziladi. Matbuot anjumani soat 12:15da boshlanadi. Musobaqa uchun akkreditasiya kartochkalari ham matbuot anjumanidan so‘ng OAV vakillariga tarqatiladi.

“CAFA U-15 Girls Championship- 2019” musobaqasi taqvimi

1-tur, 13 sentyabr (juma)
12:00 O‘zbekiston – Qirg‘iziston
16:00 Eron – Tojikiston

2-tur, 14 sentyabr (shanba)
12:00 Qirg‘iziston – Eron
16:00 Tojikiston – O‘zbekiston

3-tur, 16 sentyabr (dushanba)
12:00 Tojikiston – Qirg‘iziston
16:00 O‘zbekiston - Eron

Qayd etish joiz, dastlabki 2 ta kungi o‘yinlar (13 va 14 sentyabr) “Chig‘atoy” stadionida o‘tadi. Yakuniy 3-tur esa (16 sentyabr) “Lokomotiv” stadionida o‘tkaziladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 13:52, 11.09.2019.
O'qildi: 2301 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик