Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/12 00:45 Torino 2-3 Milan
09/12 01:00 Vulverhempton 1-4 Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna 2-0 Levante
09/12 15:00 Matida Zelviya 3-1 Ulsan Xyonde
09/12 15:00 Vissel Kobe 2-2 Chengdu Rongcheng
09/12 17:15 Buriram Yunayted 2-2 Kangvon
09/12 17:15 Johor Dorul Ta'zim 0-0 Shangxay Port
09/12 20:30 Qayrat 0-1 Olimpiakos
09/12 22:45 Bavariya 3-1 Sporting
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul 1-1 Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima 1-0 Shanghai Shenhua
10/12 22:45 Qorabog‘ - Ayaks
10/12 22:45 Vilyarreal - Kopengagen
11/12 01:00 Atletik Bilbao - PSJ
11/12 01:00 Bayer - Nyukasl
11/12 01:00 Borussiya D - Bude-Glimt
11/12 01:00 Bryugge - Arsenal
11/12 01:00 Yuventus - Pafos
11/12 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
11/12 01:00 Benfika - Napoli

Habibning murabbiyi u haqida qiziqarli ma’lumotlarni oshkor qildi

Habibning murabbiyi u haqida qiziqarli ma’lumotlarni oshkor qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

Dog‘istonlik UFC chempioni Habib Nurmagamedovning hayoti ko‘pincha kadr ortida qolib ketadi. Aynan u haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni olish maqsadida uning murabbiyi Xavyer Mendez bilan «AKA sport» intervyu tashkil etdi. Biz ushbu intervyuning eng qiziqarli qismini e’tiboringizga taqdim etamiz.

- Bilamiz, Habib Konorga qarshi jangdan so‘ng, anchagina mablag‘ ishlab olishga muvaffaq bo‘ldi. Shunga qaramasdan, u boshqa chempionlar singari o‘z pullarini havoga uchirmadi. Uning birorta biznes rejasi bormi?

Ha albatta, uning Dog‘istonda juda katta issiqxonalari mavjud. U UFC va reklamalardan tushgan daromadning katta qismini aynan shu biznesga sarf etadi. Bundan tashqari, u dadasi, akasi va singilisi uchun hashamatli uylar qurib berdi. Ularda shunday qilish majburiy ekan. Agarda, oilada kimdir yaxshi pul topsa, qolgan oila a’zolari uchun yordam berishi shart! Agarda eng kichik farzandning topishi yaxshi bo‘lsa, u qolgan akalariga moddiy yordam bermog‘I darkor. Habibning aytishicha,  musulmon davlatlarning barchasida shunday odat mavjud ekan. Shunga qaramay, uning qalbi juda keng. Agarda shunday qilish shart bo‘lmaganida ham, Habib o‘z pullarini oila a’zolari bilan baham ko‘rgan bo‘lar edi. U shunday tarbiya olgan. O‘ylashimcha uning mashxurligining sababi ham tarbiyada. U chinakam jangchi va mehribon inson.

U Rossiyada qanday mashinadan foydalanadi

Men Dog‘istonda 3 hafta bo‘ldim. Shu vaqt mobaynida u «Toyota»ning oddiy mashinalaridan biridan foydalanadi. Aytishlaricha, unda «Mersades»ning eng so‘nggi rusumidagi mashina ham mavjud bo‘lib, uni akasiga sovg‘a qilib yuborgan ekan.

- Habib o‘z oilasini kadr ortida qolishini istaydi. Bu uning diniy qarashlati bilan bog‘liqmi? Yoki Dog‘istonning madaniyati shuni talab etadimi?



- Menimcha ikkisi ham. Uning bunday yo‘l tutishiga ikkala omil ham sabab deb o‘ylayman. Men uning farzandlarini ko‘rdim. Ular bilan suratga tushdim, lekin bu suratlarni hech kim hech qachon ko‘ra olmaydi. Bu shaxsiy surat! Uning farzandlari juda ajoyib. Ayniqsa, qizi bilan tezda chiqishib ketdik. O‘gli bilan chiqisha olmadik. (kuladi) unga har safar yaqinlashganimda negadir yig‘layverdi. Keyin unit tinch qo‘ydim. Ochig‘I Habib tutgan yo‘lni to‘liq oqlayman. O‘z oilasini tomosha qildirishdan hech qanday naf yo‘q. Uning mashxurligi shundoq ham joniga tekkan. Oilasini ham bunday muammoga duchor qilishdan nima naf?!

- Habib birinchi bor «AKA»ga kelganini eslay olasanmi?

- Ha avvaliga oldimga King Mo yaqinlashdi. Aytgancha, u ham musulmon bo‘lgani bois, Habibga yordam bermoqchi ekanligini aytdi va uni biz bilan shug‘ullanishi uchun ijozat so‘radi. Habib zalga kirib kelganida ingliz tilida birorta so‘zni ham bilmas edi. U mashg‘ulotlarni o‘sha kuni boshladi va birinchi kundayoq sparing raqiblarini barchasini mag‘lubiyatga uchratdi. Shu kunga qadar uning birora sparingda yengilganini ko‘rmadi. Kim bilan bo‘lishidan qat’iy nazar Habib sparingda yengilmagan. U o‘ziga qarshi chiqqan barchadan ko‘ra kuchliroq chiqaveradi. Avvaliga u bilan so‘zlashishga juda qiynaldim. Oradan yillar o‘tib, Habib menga qiziq bir voqeani aytib berdi.

«Esingdami men kurash tushganimda doim relax, relax derding? Men o‘shanda yanada kuchliroq kurash tushishmi talab qilayapsan deb o‘ylar edim. Sen har safar relax deganingda hujumga otilar edim»

Uning so‘zlaridan so‘ng ikkimiz ham uzoq kulishdik. Ochig‘I unga o‘zingni bo‘sh qo‘y desam battar hujumga o‘tishining sababini bilganimdan xursand bo‘lsamda, kulgudan o‘zimni to‘xtata olmas edim.

- Habib 3 hafta Rossiyada bo‘ldi. Shu davr mobaynida necha kun dam oldi?

Ochig‘I uni har kuni mashg‘ulotlar zalida ko‘rdim. Bu uning uchun hayot tarziga aylanib ketgan desam, adashmagan bo‘laman. U asosan kurash bilan shug‘ullanishni hush ko‘radi. Ochig‘I uning uyida mehmon bo‘lganimda 5 yoshlik bolakaylarning qanday kurash tushayotganini ko‘rib hayron bo‘lib qoldim. Hech qanday himoya kiyimisiz, maysa ustida bolakaylar ehtiyotkorlik bilan kurash elementlaridan foydalanishar edi. Ochig‘I hayratda qoldim. Jangdan so‘ng, bolakaylar quchoqlashishdi va biz bilan stol atrofiga o‘tirishdi. Ana shundagina bu xalqning qoniga kurash singib ketganini angladim.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:17, 13.09.2019.
O'qildi: 8767 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.