Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Mana buni transfer desa bo‘ladi

Mana buni transfer desa bo‘ladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO

APL jamoalari so‘nggi yillarda transferlar uchun eng katta pul sarflaydiganlar sirasiga kiradi. Shunday bo‘lsada, bu chempionatda kichik summadagi transferlar uchrab turadi. Bugun kichik summadagi transfer orqali kuchli futbolchilarni qo‘lga kiritgan jamoalar haqida so‘z boradi.

Ues Morgan

«Lester» jamoasining chempionlik yurishida chinakam matonat ko‘rsatgan klub sardori Ues Morgan «Nottengem Forest» jamoasidan 1 million yevro evaziga «tulkilar» safiga borib qo‘shilganida, muxlislar klub rahbarlarini keskin tanqid qilishgan edi. Shunga qaramasdan, futbolchi klub safida 400 ta o‘yinda ishtirok etdi va klub tarixidagi eng kuchli ximoyachiga aylandi.

Xarri Arter

«Bourmunt» klubi futbolchisi Xarri Arter Angiliyaning quyi ligalarida to‘p suradigan futbolchi edi. Uning o‘yinlarini ko‘rtgan «Bormunt» skautlari futbolchini klubga maslahat beradi. Eng qizig‘i shundaki, hozirda APL klublari orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lib olgan klub Arter uchun «Uoking» klubiga atigi 4 ming funt sterling to‘laydi. To‘g‘ri, klub avvaliga Xarri Arterni bir mavsum ijaraga beradi, so‘ng klubning asosiy tarkib futbolchisiga aylantiradi.

Sheymus Koulmen

Bu futbolchi APL tarixidagi eng omadli xarid hisoblanadi. O‘sha davrlardagi «Everton» ustozi Devid Moyesga Villi Makstey «Seltik» klubidagi bir futbolchini tavsiya qiladi…
Sheyms Koulmen bir necha yillar davomida «Everton» klubining qanot himoyasida ishonchli o‘yinlari bilan hammaning e’tiboriga tushdi. Xatto o‘z vaqtida futbolchi «Manchester Yunayted» jamoasining qiziqshlari doirasiga ham tushib qolgan edi. Eng qizig‘I shundaki, «Everton» Sheymus Koulmen uchun «Slaygo Rovers» jamoasiga atigi 60 ming funt sterling to‘lagan xolos.

Riyad Mahrez

«Tulkilar» tamosha ko‘rsatgan mavsumda APLning eng yaxshi futbolchisiga aylangan jazoirlik futbolchi hozirda «Manchester Siti»da to‘p surmoqda. To‘g‘ri, Gvardiola qo‘l ostida futbolchi doim ham asosiy tarkibda maydonga tushmasligi mumkin, biroq Riyad «Lester»da almashtirib bo‘lmas futbolchi edi. «Lester» Mahrez uchun juda katta mablag‘ni qo‘lga kiritgan bo‘lsada, futbolchi uchun «Gavr» klubiga atigi 450 ming funt sterling to‘lagan xolos.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:37, 15.09.2019.
O'qildi: 19059 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик