Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Eldor jiyan, qandaysan?!

Eldor jiyan, qandaysan?!

Baho:
+ | -

Sog‘liklaring yaxshi, bugun chechenlarga qarshi o‘yiningni ko‘rdim. Bilaman, o‘yining chiqmadi...

To‘g‘risi, “Axmat” yo‘q joydan ishlagan penaltisidan keyin, yana ular sizlarni maydon bo‘ylab “pressingovat” qila boshlashganidan keyin, 1-taymni o‘zidayoq yutqazasizlar deb o‘yladim.

Xoren Bayramyan yo‘q joydan gol urib, og‘ir aurani, qiyin vaziyatni yengillatdi. Ko‘rinishi senga o‘xshab ketadigan norveg Norman esa o‘yin qahramoni bo‘ldi.

Norman, avval unga qarshi qo‘pol "podkat" qilgan Shvesni maydondan chetlatishiga sababchi bo‘ldi, keyin aslida sen urishing kerak bo‘lgan, yo‘q joydan mo‘jiza golni urdi.

Eldor, jiyan, gap bugun seni yomon o‘ynaganingda yoki buni sabablarida ham emas.

Bilaman, deyarli 10 kundan ziyodroq rus sovug‘idan Quddusning jazirama issig‘ida iqlim almashtirib, senyor Kuperni tushunarsiz taktikasida bundan ham tushunarsiz va alamli mag‘lubiyatni ta’mini tortib ko‘rding.

Bilaman, odamda, sportsmenda ruh katta o‘rin tutadi. Sen bugun “Rostov”da MTJ ruhida maydonga chiqding. "Rostov" tarkibida xuddi yangi jamoada o‘ynayotgandek harakat qilding. Harakatlaring o‘xshamadi. Buni 1-bo‘limda sezdim.

Gol urgan arman Bayramyan esa ertaga kun bo‘yi millat qahramoniga aylanadi. Hamma yerdagi arman futbol fanatlari uning golini muhokama qilishadi, “Match TV”dagi arman millatiga mansub kommentatorlar uni sharafiga difirambalar o‘qishadi.

Bilasanmi, nega?

Agar, ularda sen oxirgi 9 oyda o‘zbekistonlik futbol muxlislari baxtiga ko‘rsatib kelgan mo‘jiza o‘yinlaring, ajoyib gollaring, olam-olam quvonchliklaring – ularda shunday bo‘lsa, millat xursandchiligiga aylanadi. Ular bunday quvonchli onlarni, kunlarni bir bo‘lib nishonlashadilar. Ularda o‘z millati, Vataniga bo‘lgan muxabbat genetik tarzda juda kuchli...

Eldor, sen Falastinga qarshi "Rostov"dan azartga boy, "duxi" baland bo‘ri bo‘lib keluvding. Birinchi bo‘limda harakat qilding, lekin MTJdagi tushunarsiz ruh, aura seni qanaqadir Babayan davridagi Eldorga aylantirib qo‘ydi. Bugun Karpin buni 2-taymda tushundi, seni almashtirdi.

Eldor, jiyan! Endi MTJ va boshqasini unutib, ruhingni tikla!!

Bu muhim! Juda muhim!

Karpin ahmoq emas. Agar yana 1ta tur shunga yaqin o‘yin qilsang, "zamena"ga qo‘yadi. U shunaqa. U futbol olamidagi nomlarni, fanatlar xohishi, jurnalistlar fikrini tan olmaydi. Unga o‘zini ko‘zi bilan ko‘rgan fikri qadrli.

Sababi, u juda katta arenalarni ko‘rgan, o‘z davrini zo‘rlariga qarshi jang qilgan, buyuk Zidan bilan kallama kalla urishgan. "Duxi" baland uni...

Ishonaman, kelasi turgacha o‘zinga kelasan. Biz duoda bo‘lamiz.

Chunki..

Seni, dunyo tan olgan, har bir top-futbolchi intiladigan, o‘ynashga arziydigan Yevropaning top-5ligiga kiruvchi chempionatda to‘p tepishingni, o‘zingni ko‘rsatishingni orzu qilamiz, bunga ishonamiz. Jismonan bunga tasyorsan. Lekin ruhan... kuchayib borishing kerak.

Xuddi Ummonga 1 ta pas bilan chap qanotdan yorib kirib golni tiqib qo‘yganingdek, yapon himoyachilarni 1ta ildamlashda aldab darvozabonni uxlatib qo‘yganing, yoki “Rostov”da boshingdan jarohat olib, suzuvchilar kiyadigan ko‘k shapkani (shu o‘yindan keyin, aynan shunday shapkalar “Eldorka” deb sotilib, Rostovda ajiotaj bo‘ldi) kiyib “Krasnodar” darvozasiga shu yaralangan boshing bilan golni qoqib qo‘yganingdagi "duxi" baland o‘yining zarur, shart!..

Umidimiz katta sendan jiyan! Eldorjon!

Bizda zamonamiz yoshlaridan sen kabi yorib chiqqan, butun MDH og‘ziga tushgan qahramonlar ko‘p emas.

Bokschilarimiz, og‘ir atletikachilarimiz, shaxmatchilarimiz yaqin kungacha bu ishni qilib kelishdi. Lekin, ularni ham yoshi o‘ta boshladi, qolganlarini himoya qila olmadik. Futbolda bunday xalq qahramonlari deyarli qolmadi, jiyan.

Agar sen ham so‘nib qolsang, ertaga men ham qanaqadir umrimda hatto rasmini ham ko‘rmagan, qardosh mamlakatdagi “yutyub qahramoni” hisoblanmish insonni yurtimizga kelganida, xuddi Poligraf Poligrafovich Sharikov mushuklarni quvalagan kabi, odam ko‘rmagan zombiday telefonimni ko‘tarib o‘sha nusxani orqasidan chopaman...

Nima qilay, ommaviy ong qayerga suzsa, men ham bunga asta-sekin ko‘nikib, qulog‘im tinch bo‘lsin deb kursni o‘sha tomonga olaveramanda.

Sen bunga yo‘l qo‘yma Eldorjon!

Menku aqlimni taniganman. Seni tengqurlaring, senday qora ko‘zlarni o‘z vatandoshi bilan faxrlanish tuyg‘usini yo‘q bo‘lib, so‘nib qolishiga yo‘l qo‘yma jiyan!

Senga ishonamiz Eldorjon!

Yaratgan Egam seni jarohatlardan o‘zi asrasin!

Furqat Qurbonov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:14, 17.09.2019.
O'qildi: 10312 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.