Nur-Sultan shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatining bugungi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Biroz avval -77 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Jalgasbay Berdimuratov bronza medali uchun musobaqa mezbonlaridan biri Asxat Dilmuhammedovga qarshi bahs olib bordi.
Keskin va murosasiz kechgan bellashuvda hamyurtimiz 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va bronza medali bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu sportchimiz Tokio Olimpiadasining yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Afsuski, bronza medali uchun kechgan boshqa bir bahsda Elmurat Tasmuratov (-60 kg) eronlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Suratlar muallifi: Anvar Ilyasov