Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/12 00:45 Roma 1-0 Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano 0-0 Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted 4-4 Bornmut

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi OFKga ishonch uchun minnatdorchilik bildiradi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi OFKga ishonch uchun minnatdorchilik bildiradi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Osiyo futbol konfederasiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa kuni kecha mamlakatimizga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif davomida qit’a futbol uyushmasi rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi.

Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa Osiyo futbol konfederasiyasi O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli sheriklikni rivojlantirishda qat’iy ekani hamda amaliy hamkorlikka qaratilgan yangi dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyorligini ta’kidladi.

OFK va O‘FA o‘zaro do‘stona munosabatlarining dastlabki boskichlarida 4 yillik qisqa mudlatli va 8 yillik uzoq muddatli xamkorlik strategiyasi ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu reja bosqichma-boqich tizimli rivojlanishni nazarda tutadi.

Osiyo futbol konfederasiyasining U-19 Osiyo chempionati mezbonligini O‘zbekistonga ishonib topshirishi esa o‘zaro ishonchli munosabatlarning natijasi, deb baholash mumkin.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mana shunday ishonch uchun Osiyo futbol konfederasiyasiga minnatdorchilik bildiradi. Shubxasiz, ushbu yirik musobaqa o‘zbek futboli nufuzining yanada ortishi, futbol infratuzilmasining yaxshilanishi va muxlislarning futbolga bo‘lgan qiziqishini yanada ortishiga xizmat qiladi.  

O‘z navbatida O‘FA 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini yuqori saviyada tashkil etish uchun bor imkoniyatni safarbar etadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:15, 18.09.2019.
O'qildi: 3231 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.