Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

Chim ustida xokkey bo‘yicha terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi

Chim ustida xokkey bo‘yicha terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘tgan hafta Singapurda chim ustida xokkey bo‘yicha qizlar o‘rtasida Osiyo kubogi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Bugun musobaqada qatnashgan terma jamoamiz vakillari Toshkentga qaytib kelishdi. Sportchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Ularni kutib olish marosimida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston chim ustida xokkey federasiyasi mutasaddilari ishtirok etdi.

Musobaqada ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan vakillarimiz bu bilan Yaponiyada o‘tkaziladigan Osiyo chempionatida ishtirok etish huquqini ham qo‘lga kiritdilar. Ta’kidlash joiz, qizlarimiz musobaqada faqatgina mezbonlarga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. Xitoy Taipeyi bilan durang qayd etilgan bo‘lsa, Gongkong, Bahrayn va Shri-Lanka jamoalari yirik hisobda mag‘lub etildi. Shuningdek, hamyurtimiz Sabina Adizova musobaqada “Eng yaxshi sportchi” nominasiyasida g‘olib bo‘ldi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 13:27, 19.09.2019.
O'qildi: 1909 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.