Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Dinamo» - «Andijon»: Olti ochkolik o‘yin

«Dinamo» - «Andijon»: Olti ochkolik o‘yin

Baho:
+ | -

Superliga 20-turi doirasidagi e’tiborli qarama-qarshiliklardan biri Samarqandda o‘tadi. Joriy mavsum debyutantlari sanalmish «Dinamo» va «Andijon» klublari o‘zaro ro‘baro‘ kelishadi.

Superliga. 20-tur.
20 sentyabr (juma)
“DINAMO” - “ANDIJON”
O‘yin boshlanish vaqti: 16:15
Samarqand, “Dinamo” stadioni.

Joriy mavsumda...
“Dinamo” jamoasi ayni damda 18 ochko bilan 11-o‘rinni band etib turgan bo‘lsa, “Andijon” 17 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. Bu o‘yindagi g‘alaba ikki tomon uchun ham juda zarur. Ikki klub ham turnir jadvalidagi “xavfli zona”dan qochish uchun bor kuch va imkoniyatini ishga solishi aniq. Zero, bu bahs ikki klub uchun ham 6 ochkolik o‘yin sanaladi.

Ushbu jamoalar 1-davrada Andijonda to‘qnash kelib, 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etishgandi. Shu kuni mezbonlardan Abror Xusinov va Shahzodbek Ubaydullayev, “dinamochilar”lardan esa Shohruh Abdurahmonov va Mirkomil Lokayevlar gol muallifiga aylanishgandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Liga Kubogi chorak finali doirasida 14 avgust kuni “Dinamo” Samarqandda “Andijon”ga qarshi o‘yin o‘tkazgandi. O‘shanda Bahodir Nasimovning “dubli” “Dinamo”ga yarim final yo‘llanmasini taqdim etgandi.

Eski tanishlar…
Har ikki jamoa tarkibida ham bir qator futbolchilar borki, ular avval raqib jamoa safida to‘p surishgan. Xususan, “Andijon” tarkibidagi Ildar Mamatkazin (2014-15 yillar), Ro‘zimboy Ahmedov (2012-13), Doniyor Ismoilov (2017) kabi futbolchilar “Dinamo” sharafini himoya qilishgan.

“Dinamo” tarkibidagi Qadamboy Nurmetov, Siroj Hamroyev, Obid Hakimovlar esa avvalgi yillarda “Andijon” jamoasida faoliyat yuritishgan.

O‘zaro o‘yinlarda ustunlik kimda?
“Andijon” va “Dinamo” Oliy Liga tarixida 41 marta to‘qnash kelishgan. Ushbu o‘yinlardan 14 tasida andijonliklar g‘olib bo‘lishgan. 9 o‘yin durang hisobida yakunlangan. “Dinamo” shu kunga qadar Oliy Ligada “Andijon”ni 18 marta mag‘lubiyatga uchrata olgan.

“Dinamo” shu kungacha o‘zaro o‘yinlarda “Andijon” darvozasiga 64 ta gol kiritgan. “Andijon”ning gollari esa 53 ta. “Burgutlar” o‘zaro o‘yinlarda 51 ochko ishlab olishgan bo‘lsa, “Arslonlar” 63 ochkoni qo‘lga kirita olishgan. “Dinamo”ning Oliy Ligada “Andijon” ustidan erishgan eng yirik g‘alabasi 6:1ni tashkil qiladi. “Andijon”ning samarqandliklar ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi esa – 4:1ga teng.

O‘zaro so‘nggi uchrashuvlar:
Liga Kubogi. 14.08.2019. «Dinamo» - «Andijon» 2:1
Superliga. 05.05.2019. «Andijon» - «Dinamo» 2:2
Pro-Liga. 18.05.2018. «Dinamo» - «Andijon» 1:1
Pro-Liga. 30.09.2018. «Dinamo» - «Andijon» 0:0
2017 yil – «Andijon» quyi ligada.
2016 yil – «Dinamo» quyi ligada.
Oliy Liga
05.11.2015 «Andijon» - «Dinamo» 1:1
26.06.2015 «Dinamo» - «Andijon» 2:1
12.04.2014 «Andijon» - «Dinamo» 2:3
2013 yil – «Andijon» quyi ligada.
19.10.2012 «Dinamo» - «Andijon» 3:0
14.04.2012 «Andijon» - «Dinamo» 0:3
25.08.2011 «Andijon» - «Dinamo» 2:0
21.05.2010 «Dinamo» - «Andijon» 3:1
14.08.2010 «Andijon» - «Dinamo» 1:0
03.10.2009 «Andijon» - «Dinamo» 2:0
25.04.2009 «Dinamo» - «Andijon» 1:1.

O‘zaro o‘yinlar haqida fakt…
“Dinamo” jamoasi O‘zbekiston chempionati tarixida faqat bir marta Andijon jamoasiga mag‘lubiyatga uchragan. 1993 yilgi mavsumda “Navro‘z” deya atalgan “Andijon” klubi o‘shanda “Maroqand” nomi bilan atalgan “Dinamo” jamoasini Samarqandda 0:1 hisobida mag‘lub etib qaytgan. Oradan o‘tgan 26 yildan buyon “Dinamo” bu jamoaga Samarqandda mag‘lub bo‘lgani yo‘q.

Usmon Ibodov

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 10:30, 20.09.2019.
O'qildi: 3383 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.