Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko - Barselona
14/04 23:59 Liverpul - PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Yekaterinburg-2019. Shahobiddin Zoirov — jahon chempioni!

Yekaterinburg-2019. Shahobiddin Zoirov — jahon chempioni!

Baho:
+ | -

Rio-2019 olimpiya o‘yinlari g‘olibi Shahobiddin Zoirov o‘z hisobiga dastlabki jahon chempionligini yozib qo‘ydi.

52 kg. vazndagi o‘zbekistonlik sportchi finalda hindistonlik Amit Pangalga qarshi ringga ko‘tarildi. Buxorolik bokschi noqulay raqib hisoblangan sportchiga qarshi aniq taktika asosida jang olib bordi. Bokschilar ochiq jangga kirishishmadi. Shahobiddin Amitni o‘ziga yaqinlashishga yo‘l qo‘ymadi va ko‘proq zarba berishga harakat qildi.

Jang yakunida hakamlarning baholari e’lon qilinmagunga qadar kim g‘olib chiqqanini taxmin qilish qiyin edi. Hakamlar esa Zoirovning g‘alabasini e’tirof etishdi — 5:0 (29:28, 29:28, 29:28, 30:27, 30:27).

Shu tariqa, eng yengil vazndagi bokschimiz Yekaterinburgdagi jahon chempionatida O‘zbekiston delegasiyasi hisobiga dastlabki oltin medalni keltirdi.

G‘alaba muborak! Yana 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi ishtirokida final janglari kutib turibdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:15, 21.09.2019.
O'qildi: 3948 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик