Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

APL g‘olibligi uchun «Liverpul»ga qo‘l keluvchi 5 ta omil

APL g‘olibligi uchun «Liverpul»ga qo‘l keluvchi 5 ta omil

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yangi mavsum APLda kutilganidanda qiziqroq tus olmoqda. Shunday bo‘lsada, chempionlik uchun kurashda katta ehtimol bilan «Liverpul» va «Manchester Siti» jamoalari kurash olib borishlari oydinlashib qoldi. Ho‘sh ulardan qay biri chempionlikni qo‘lga kiritadi?
Bugun chempionlik uchun Klopp shogirdlariga qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan omillar haqida so‘z boradi.

«Liverpul»da muammo yo‘q

O‘tgan mavsumdan farqli o‘laroq, «Liverpul» mavsumni muammolarsiz boshladi. Eng quvonarlisi, shundaki, o‘tgan mavsumdan farqli o‘laroq jamaoning hujum chizig‘ida jarohatlar yo‘q va klub futbolchilari yuqori sifatli futbol namoyish etishmoqda.

Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan mavsumda Salah uzoq muddat safdan chiqqan, Mane uning o‘rnini egallay olmagan edi. Bundan tashqari, o‘tgan mavsumda jamoa asosan kichik hisobdagi g‘alabalar evaziga ochko ishlagan va bu g‘alabalar zamirida kuchli himoya va ajoyib darvozabonning tutgan o‘rni katta edi. Endilikda, Salah o‘zining eng kuchli formasiga chiqib olgan bo‘lsa, Mane statisik ma’lumotlarga qaraganda eng foydali vinger bo‘lib turibdi. Firmino yangi darajaga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, zahirdan maydonga tushayotgan Origi ham jamoa uchun katta naf keltirmoqda. O‘tgan mavsum startida jamoa o‘rtacha har bir o‘yinda 1,3 ta gol kiritgan bo‘lsa, bu mavsumda ushbu ko‘rsatgich 3 barobar ko‘paygan. Bundan ko‘rinib turibdiki, «Liverpul» hujumi chizig‘I avvalgisidan ancha kuchaygan. Himoyachilar esa, o‘tgan mavsumdagi kabi juda ishonchli o‘yin ko‘rsatishda davom etmoqda.

Transferlarsiz ham «Liverpul» yanada kuchaydi!

Yozda birorta katta harid amalga oshirilmagan bois bir nechta futbolchilar jamoaga to‘liq moslashib olishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘tgan mavsumda markazni u qadar yaxshi ushlay olmagan va terma jamoadan ham chetda qolib ketayotgan Fabinyo bu mavsumni ko‘tarinki ruhda boshladi va o‘yindan o‘yinga kuchayib bormoqda.  Virjil van Deykka yuqori darajadagi himoyachilardan birin tandem qilishni reja qilgan muxlislar ko‘z o‘ngida Matip o‘z pozisiyasida ancha ishonchli ko‘rinmoqda. Eng qizig‘I shundaki, «Arsenal»ga qarshi baxsda kamerunlik futbolchi Virjildan ham ko‘proq foydali harakat qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Bundan tashqari, jarohatlardan forig‘ bo‘lgan Lallana va Chemberlen yangi mavsumda o‘zini ko‘rsatish uchun bor kuchi bilan harakat qilishiga hech kimda shubha yo‘q.

G‘oliblik ruhi

Bu mavsum startida «Liverpul» istalgan noqulay ahvoldan chiqib keta olishini barchaga isbotlab qo‘ymoqda.  Avvalgi mavsumlarda «Liverpul» yopiq va qarshi hujumga tayanadigan jamoalarga qarshi ochko yo‘qotgan bo‘lsa, endilikda jamoa hilma-hil g‘alaba qozonmoqda.
Jamoa APL startida «Soutgempton»ga qarshi baxsda futbolchilarning mahorati evaziga g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, qolgan baxslarda  to‘liq pressing namoyish etishdi va raqibga hech qanday imkon qoldirishmadi. Har qanday holatda ham faqat g‘alaba uchun o‘ynayotgan «Liverpul»ning o‘yinlaridan g‘olib ruhi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

«Liverpul» jismonan kuchli va strategig qulay futbolchilardan tashkil topgan

Darhaqiqat, APLning eng kuchli markaziy himoyachisi (Virjil), qanotlarda istalgan jamoani holdan toyduruvchi ikkita raketa (Arnold va Robertson) va hujumdagi fantastik trio! Umuman olganda bu jamoada bir nechta hislatlarga ega bir-birini qaytarmaydigan futbolchilar jamlangan. Zahiradagi futbolchilarning barchasi o‘ziga hos kuchli jihat egalari sanaladi. Jamoaning chempionlik uchun asosiy raqibi sanaladigan «Manchester Siti»dagi futbolchilarning deyarli 90 foizi aynan bir hil qolipda yasalgan robotlardan tashkil topgan. Bundan tashqari, yakka kurash va standart vaziyatlardagi kurashlar borasida «Man Siti» futbolchilari APLda 10-pog‘onada bporishmoqda. «Liverpul» esa, bur borada kuchli 3 ta jamoadan biri sanaladi.
Qisqacha qilib aytganda, Gvardiola shogirtdlarining o‘yinini o‘qib olish ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi.

«Man Siti» himoyasida muammolar ko‘p

Hozirda «Manchester Siti» klubi himoya chizig‘I umuman Gvardiolaning talabiga javob bermaydigan futbolchilar ixtiyorida qolib ketdi. Otamendi kuchli himoyachilarsiz jamoa o‘yinida xatolarga yo‘l qo‘ymoqda. Kompani ketdi, Lyaport esa jarohat olib  6 haftaga safdan chiqdi. Stounsning ham jiddiy jarohati mavjud.

Umuman olganda Gvardiola birorta futbolchini vaqtinchalik markaziy zonaga o‘tkazsa, ajab emas. Aynan ushbu muammolar tufayli «shaxarliklar» o‘ta muhim ochkolarni boy berishi mumkin. Bu esa mavsum so‘ngida o‘z so‘zini aytmay qolmaydi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 04:01, 22.09.2019.
O'qildi: 6133 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.