Kirish Ro'yxatdan o'tish

Toshkent Gran-prisining uchinchi kunida og‘ir vaznli dzyudochilar bahs olib bormoqda

Toshkent Gran-prisining uchinchi kunida og‘ir vaznli dzyudochilar bahs olib bormoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun poytaxtimizda dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasining uchinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Reglamentga ko‘ra, ushbu kun dasturida og‘ir vaznli polvonlar bahs olib boradi.

Ayni paytga kelib, Davlat Bobonov (-90 kg), Alishr Yusupov (+100 kg) va Bekmurod Oltiboyev (+100 kg) kabi bir qator vakillarimiz saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsalar, shohsupaga ko‘tarilishga asosiy da’vogarlardan sanalgan Muhammadkarim Xurramov (-100 kg), Sherali Jo‘rayev (-100 kg) va Shahzod Sobirov (-90 kg) musobaqani erta tark etishdi. Ta’kidlash joiz, -90 kilogramm vazn toifasida uchinchi davraning markaziy to‘qnashuvi hamyurtimiz Davlat Bobonov va Rio Olimpiadasi chempioni yaponiyalik Mashu Baker o‘rtasida kechadi. 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 14:56, 22.09.2019.
O'qildi: 1798 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик