Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Messi Dembele haqida fikr bildirib o‘tdi

Messi Dembele haqida fikr bildirib o‘tdi

Baho:
+ | -

Bir necha kun ilgari Leo Messi Taniqli «Sport.es» nashri uchun intervyu berib o‘tdi. Unda argentinalik futbolchi o‘zining kelajak rejalari va o‘tmishdagi qiziqarli xotirlari bilan o‘rtoqlashdi. Bugun ushbu intervyuni e’tiboringizga taqdim etamiz.

O‘tgan mavsumda jamoaviy yutuqlar borasida oqsagan bo‘lsangda, juda sermahsul to‘p surding. Shu haqida fikring

Ko‘pchilik o‘tgan mavsumdagi o‘yinlarimizni omadsizlikka yo‘yishgani ayni haqiqat. Ochig‘I barchasi ko‘ngildagidek ketayotgan edi, biroq «Liverpul»ga qarshi javob bahsidan so‘ng, biz umuman o‘zimizni anglay olmadik. Keyinchalik «Kopa Del Rey» finalida ham o‘sha mag‘lubiyat ta’sirida harakatlandik va yana bir sovrinni boy berdik. Shunga qaramasdan, o‘zimni juda yaxshi his etdim va jamoam uchun kerakli gollarni kiritishga muvaffaq bo‘ldim.

YECHLda g‘olib chiqish uchun «La Liga»dagi chempionlikdan voz kechgan bo‘lar edingmi?

Yo‘q men sira rozi bo‘lmagan bo‘lar edim. Biz mavsum oldidan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun kurashga kirshga o‘rganib qolganmiz. To‘g‘ri, YECHL chempionligi haqida ko‘p gapiryapman, biroq bu shunchaki bu musobaqada anchadan beri chempionlikni qo‘lga kiritmaganim tufayligina xolos. Men bu ikki turnirda ham zafar quchishni birdek istayman.

Seningcha Ispaniyadagi qaysi klub mavsum oldidan kuchayib olishga muvaffaq bo‘ldi?

Menimcha barcha birdek kuchayib olishni uddaladi. «Atletiko» bir nechta ajoyib haridlarni amalga oshirdi va jamoaviy o‘yinga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi. «Real Madrid» bu mavsumda Azar singari super yulduzni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni uddaladi. Shu o‘rinda Turinning «Yuventus» klubi ajoyib transfer kompaniyasini amalga oshirganini alohidqa ta’kidlab o‘tish lozim.

De Yong, Firpo, Grizman kelgach, «Barselona» o‘tgan mavsumgidan kuchliroq bo‘la oladimi?

Men o‘tgan mavsumdagi tarkibimizni kuchsiz demagan bo‘lar edim. Yangi mavsumda safimizga klib qo‘shilgan futbolchilar orqali endi bizda turli-hil variyantlarni sinab ko‘rish imkoni bor. Qanchalar o‘pyinimiz kuchayganini chempionat o‘yinlarida ko‘rib olishimiz mumkin. Hozircha hech narsa deya olmayman.

Seni «Barselona»ning kichik xo‘jayini deb tasavvur qilishadi. Jamoa rahbarlariga ta’siring qay darajada?

(Kuladi) Ochigi o‘rganib ham qoldim. Bu borada shunchalar yolg‘on ma’lumotlar ko‘pki, ba’zn o‘zim ham ishonib qolaman. Muxlislarning nazlida jamoaga kimni olib kelishni men hal qilaman. Bundan tashqari kimning asosiy tarkibda maydonga tushishi haqida ko‘rsatma beraman. To‘g‘risi, bu mavzudagi savollardan charchagan bo‘lsamda, shunisi aniqki, men klubdagi oddiy bir futbolchiman xolos. Ortiqcha hech narsa  yo‘q.

Antuan Grizmandan xafa ekanliging hech kimga sir emas. Xo‘sh o‘rtadagi sovuqchilik tarqab ketdimi?

To‘g‘risi, biz endigina kiyinish xonasida yonma-yon o‘tirdik. Ilk bor birga mashg‘ulot o‘tkazdik. O‘ylashimcha, barchasi ko‘ngildagidek bo‘ladi. Biroz vaqt o‘tib barchasi o‘z iziga tushib ketadi degan umiddaman.

Dembelening yosh bolalarcha o‘yinqaroqlik qilayotgani haqida qanday fikrdasan?

To‘g‘risi Dembeledan juda kuchli yetakchi chiqishiga ishonaman. Balki hozirda uning o‘yinlari biz xohlagandek ko‘rinish olmayotgan bo‘lsada, u hali juda yosh. Hammasini boshidan boshlash uchun unda barcha imkoniyatlar mavjud. Aynan yangi mavsumda butun Kaoloniya undan kuchli futbol kutmoqda. U to‘liq o‘zgarishi va «Barselona» jamoasi uchun qayg‘urishi lozim. Ulg‘ayishning vaqti keldi.

2015-yilda jamoa bir yo‘la 21 ta fubolchi bilan shartnoma tuzgan bo‘lsada, nega atigi 6 ta futbolchigina jamoada qoldi?

«Barsa»da o‘ynab ketish qolgan klublarga nisbatan biroz mushkulroq. Bu juda katta klub! Muxlislar va jurnalistlarning bosimi va «Kamp Nou»dagi daxshatli atmosferani barcha ham ko‘tara olmaydi. Ayrim futbolchilar bunday bosimga ortiqcha e’tibor qaratmasligi mumkin, biroq ko‘pchilikka bunday bosim o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

Shartnomang so‘ngida Argentinaga qaytib ketishni rejalashtirayotgan ekansan?


Shuningdek shartnomamda hech qanday ma’lumotni oshkor qilmaslikni talab etuvchi band ha mavjud(kuladi) va men hozir shu bandga to‘liq amal qilishni istayman. Ochig‘I menga qolsa, hech qayerga ketmagan bo‘lar edim. Axir Kataloniya mening uyim va men bu jamoadan boshqasida to‘p surmasligimni ko‘p bor ta’kidlaganman. Bundan tashqari, mening asosiy maqsadim klub bilan uzoq muddatli shartnoma tuzish emas, men o‘z klubimga kerakli va foydali futbolchi bo‘lishni istayaman.

Asosiysi kuchli formani ushlab qolishim va sovrinlarni qo‘lga kiritishim lozim. Men uchun pul va shartnomaning hech qanday ahamiyati yo‘q. Meni pul yoki mashxurlik emas, aynan «Barselona» muxlislari ruhlantiradi va ertangi kunga bo‘lgan ishonchning ortishiga sabab bo‘ladi.

Katoloniyada yuqori darajadagi futbol namoyish etishdan to‘xtagan kunimdagina ketish haqida bosh qotirmoqchiman, unga qadar «Barselona» uchun sovrinlarni qo‘lga kiritishni istayman.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:26, 22.09.2019.
O'qildi: 14364 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик