«Everton»ning 24 yoshli himoyachisi Jerred Brentueyt faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Goal xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Real» angliyalik markaziy himoyachiga qiziqish bildirmoqda va uning transferi uchun taxminan 93 million yevro taklif qilishi mumkin.
Madrid klubida jamoaga yana bir markaziy himoyachi kerak, deb hisoblashmoqda.
Shu bilan birga, Brentueytga Angliya Premyer-ligasining bir nechta klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsum Angliya chempionatida himoyachi 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi va hozircha gol yoki golli uzatma qayd etmadi.
Transfermarkt portali Brentueytning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.













