Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ro‘ziqul Berdiyev: “Natija uchun aybdormiz”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Natija uchun aybdormiz”

Baho:
+ | -
Coca Cola superligasi 20-tur “Nasaf” – “Buxoro” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi Ro‘ziqul BERDIYEV bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Bugungi bellashuv haqida nima deyish mumkin? Muxlislar oldida natija uchun aybdormiz. Buni hammamiz tushunib turimiz. Chunki oxirga o‘yinlarda shijoatsiz o‘yin ko‘rsatayabmiz. Lekin yana bir jihatni aytib o‘tishim kerak. So‘ngi bellashuvlarda ko‘p himoyalanadigan jamoalarga qarshi o‘ynayabmiz. Ko‘pchilik bo‘lib himoyada o‘ynaydigan jamoani himoyasini yorib o‘tishga imkoniyat topa olmayabmiz. Bu bizning asosiy muammomiz bo‘lib qolayabdi. So‘ngi bellashuvlar shuni ko‘rsatayabdiki biz huddi hujumchilarsiz harakatlanayotgandekmiz.

Bugungi uchrashuvda ham guvohi bo‘ldinglar “Buxoro” jamoasi himoyada o‘ynadi. Qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qilishdi va buni uddalashdi. Yigitlarga bugungi bellashuv huddi shunday bo‘lishini takidlagan edim va ulardan shoshilmasdan harakat qilishlarni tayinlagandim. Ammo birinchi bo‘limning o‘rtalarida futbolchilarmiz shoshilib harakat qila boshlashdi.

Bu esa raqibimizning qarshi hujumda erkin harkat qilishiga imkoniyat yaratdi. Hisobda ortda qolishimizga qaramasdan butun jamoa bo‘lib bor e’tiborimizni hujumga qaratdik. Uchrashuvda yaratgan vaziyatlarmiz g‘alaba qozonishga kamlik qildi.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 07:41, 23.09.2019.
O'qildi: 2257 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик