Kirish Ro'yxatdan o'tish

Abramov qaysi futbolchilarga terma eshiklarini ochishi mumkin?

Abramov qaysi futbolchilarga terma eshiklarini ochishi mumkin?

Baho:
+ | -

Darhaqiqat uzoq kutilgan «Kuper iste’fosi» amalga oshdi va yurtimiz muxlislarning yelkalaridan tog‘ ag‘darilgandek bo‘ldi. Boz ustiga jamoa tepasida ko‘rishni istayotganimiz Vadim Abramovning kelishi esa, so‘nayotgan umid uchqunlarini alangalatib yubordi. Xo‘sh, Karlenovich kelgach, qaysi futbolchilarni terma jamoada ko‘rishimiz mumkin? Bugun shu mavzuda biroz boshqotiramiz.

Sardor Rashidov



Vadim Abramovning jamoalari doimmo tehnikasi yuqori bo‘lgan futbolchilardan tashkil topishi hech kimga sir emas. Aynan uning davrida jamoamiz to‘p nazorati bo‘yicha ko‘plab rekordlarni yangilagan, raqib kim bo‘lishidan qati’y nazar maydonda 1-raqamli bo‘lib tup surgan edik. Ektor Kuperdan farqli o‘laroq, Abramovning hujumkor uslubida Rashidovga joy topilishi aniq. Boz ustiga hozirda Qatar chempionatida gollar kiritayotgan Sardorning o‘zi ham terma jamoani sog‘ingan va uning kelajakdagi parvozi uchun ham bu chaqiruv juda muhim. Agarda Abramov Rashidovni termaga qaytarsa, bu jamoamizga katta ustunlik beradi. Rashidov qanotlarda tezkorlik evaziga jamoamizga vaziyatlar yaratishda qo‘l kelibgina qolmay, o‘rni kelganida to‘pni o‘zida ushlab turishni ham uddalay oladi.

Vitaliy Denisov



Janob Kuper qanot himoyasida kimni o‘ynatmasin, baribir Denisovning yo‘qligini berkita olmagani hech kimga sir emas.

Hozirda Rossiyaning «Krilya Sovetov» jamoasida to‘p surayotgan himoyachi yosh bo‘lmasada, o‘zining ulkan tajribasi bilan bizga asqotishi mumkin. Bundan buyog‘iga xatogacha bo‘ladigan o‘yinlarda  katta o‘yinlarda ishtirok etgan futbolchiga bo‘lgan ehtiyoj ortishini inobatga olsak, Denisov uchun terma jamoa eshiklari yana ochilishi mumkin. Vitaliyning o‘zi bilan ijtimoiy tarmoqda so‘zlashganimda, taklif tushsa, albatta yurtimiz sharafini himoya qilishini va terma jamoamiz uchun qo‘lidan kelganicha yordam berishga tayyorligini aytgan edi.

Humoyun Murtozoyev



«Nasaf»  so‘nggi yillarda o‘zbek futboliga kuchli yoshlarni yetkazib bermoqda. Humoyun Murtozoyev ham aynan shunday futbolchilardan biri. O‘ylashimcha Abramov uni albatta terma jamoaga chaqiradi. (hech bo‘lmasa o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun) Gap shundaki, Abramov Kuperdan farqli o‘laroq ichki chempionatimzni kuzatib boradi. Aynan shu faktor evaziga Humoyun termamizdan chaqiruv olishga juda yaqin turibdi. Hozirda hujum chizig‘imizagi Sergeev va Abduxoliqovdan ko‘ra yoshroq va g‘alabaga chanqoq yoshlar «Super liga»da ko‘p ekanligini Abramovchalik hech kim yaxshi bilmaydi. Shunday ekan, katta ehtimol bilan Murtozoyevi milliy terma jamoamizdan chaqiruv olganini eshitib qolishimiz mumkin.

Umarjon Eshmurodov


Yana bir «Nasaf» klubi yetakchilaridan biri va sardori sanaladigan Eshmurodov ham termamiz uchun chinakam kerakli bo‘lgan futbolchi. Baland bo‘yli, chaqqon va ikkinchi qavatda juda faol bo‘lgan markaziy himoyachi Kuperning markaziy himoyochilaridan ko‘ra foydaliroq bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri, unda xalqaro tajriba yo‘q, biroq undagi g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq barcha kamchiliklarni to‘ldirib ketishi mumkin. Umuman olganda, Umarjonni sinab ko‘rishning ayni payti.

Rustam Ashurmatov


Janubiy Koreyada faoliyat olib borayotgan xamyurtimizning terma jamoadan chaqiruv olganidan xabaringiz bo‘lsa, kerak. Shunday bo‘lsada, unga to‘xtalib o‘tishga qaror qildik. Quvonarlisi shundaki, agar Kuper o‘z postida qolganida, Ashurmatov terma jamoaga shunchaki sayoh sifatida tashrif buyurgan bo‘lar edi. Menimcha Abramov yoshlar bilan ishlashga ancha ko‘nikib qoldi va o‘z uslibiga sodiq qolgancha, Ashurmatov uchun imkoniyat beradi. Janob Kuper tomonidan yaratilgan Ismoilov va Krimets tandemi tajribali bo‘lsada, o‘yin davomida juda ko‘p bor tezlik borasida oqsashganiga guvoh bo‘ldik. Bundan tashqari, ularning Yoshi ham 30 dan o‘tib ketganiga ancha bo‘ldi. 2022-yilda bo‘lib o‘tadigan JCH uchun tarkibni hozirdan shakillantirib borish o‘ta muhim. Abramov katta ehtimol bilan Ashurmatovni asosiy planga olib chiqsa, ajab emas. Shu o‘rinda aytib o‘tish lozim, Rustam hozirda o‘z klubida chinakam yetakchilardan biri. Bundan tashqari, tez orada jamoasi bilan oliy ligaga chiqishga yaqin turibdi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:21, 23.09.2019.
O'qildi: 15780 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.