Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

“Barselona”ning la’natlangan raqami

“Barselona”ning la’natlangan raqami

Baho:
+ | -

“ Sen “Barselona”da uzoq va omadli to‘p surishni istaysanmi? Unda hech qachon 7-raqamni olma!”

Bir qarashda kulgili tuyulgan so‘zlarning tagida o‘ziga hos tarix va qiziqarli ma’lumotlar yashirin. Keling, hammasini boshidan boshlaymiz.

“Barselona” jamoasiga kelgan Luish Figu qisqa muddat ichida jamoaning yetakchisiga aylanganidan xabaringiz bor. Figu Kataloniya klubi safida “Kubok egalari kubogi”, “UEFA super kubogi”, “Ispaniya kubogi” va 2 bor “La Liga”da g‘olib chqishga muvaffaq bo‘ladi va chinakamiga jamoaning sardoriga aylanadi. “Marca” nashrining sobiq jurnalisti Ernesto Kuevasning aytishicha, Figu Madridga yo‘l olgach, butun kataloniya ko‘chaga chiqqan va uning nomi tushurilgan 7-raqamli futbolkalarni yoqib yuborishgan ekan… Aynan shu voqeadan so‘ng, “Barselona” jamoasida birorta futbolchiga ushbu raqam omad keltirmagan desak ishonasizmi?!

Alfons Peres (2000/02)



Figudan so‘ng, bu raqamni qo‘liga kiritgan fubolchining yoshi o‘tib qolgani bois, undan muxlislar mo‘’jiza kutishmagan edi. Aslida ham shunday bo‘ldi. Sobiq “Real Madrid” futbolchisi sanaladigan Perez Kataloniya klubida uzoq qolgani yo‘q. U o‘zining faoliyati haqida bergan intervyusida negadir Katoloniyada uzoq qolgisi kelmaganini va o‘z xohishi ila klub bilan tuzilgan shartnomani bekor qilganini aytib o‘tadi. Eng qizig’I shundaki, “Barselona”dan ketgach, uning ishlari yana yurishib ketadi va hatto terma jamoadan ham taklif oladi.

Saviola (2001/07)


Yoshlar o‘rtasidagi JCHdan so‘ng, butun dunyo “quyoncha” laqabli hujumchi bilan qizib qolganidan xabaringiz bor. Uning o‘yinlaridan zavqlangan Katoloniya rahbarlari futbolchi bilan shartnoma tuzishadi va unga 7-raqamni topshirishadi. Saviola qanchalar iqtidorli bo‘lmasin, “Barsa” o‘yin falsafasiga sira moshlasha olmaydi. Futbolchi o‘zining eng gullagan davrlarini turli klublarda ijara asosida o‘tkazishga majbur bo‘lgani yetmaganidek, endilikda o‘yinlarida ham keskin pasayish kuzatiladi. “Barselona” Saviolani sotib yuborishga qancha harakat qilsada, birorta klub uni o‘z safida ko‘rishni istamaydi va futbolchi klubni erkin agent sifatida tark etishga majbur bo‘ladi.

Henrik Larsson (2004/06)

Shvetsiyalik futbolchi bir qarashda Katoloniyada “o‘ynab ketgan”dek tuyulsada, o‘zining eng kuchli davrlarini zahirada o‘tkazib yuborgani bilangina yodimizda qolgan. Larsson deyarli 90 foiz uchrashuvlarda zahiradan maydonga tushar, uning jamoa g’alabasiga qo‘shgan hissasi haqida aytarli hech qanday fakt yo‘q. To‘g’ri, u YCHLda g’olib chiqdi, biroq uning keyingi faoliyati juda omadsiz kechadi. Birin-ketin klublarini almashtirgan futbolchining qachon butsalarini mixga ilganini muxlislar payqamay ham qoldi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Eydur Gudyonsen (2006/09)



Islandiyalik futbolchi qanchalar “Barselona”da to‘p surishni istasada, jamoaning oyin falsafasiga sira mos tushmadi. Bechora Uydur tinimsiz mashq qilsada, jamoadoshlari bilan chiqishib keta olmadi. Asosan zahiradan maydonga tushish orqali Kataloniyalik muxlislarning yodida qolgan futbolchi haqida ortiqcha so‘zlashning xojati yo‘q. U klub tarixidagi eng omadsiz va tushunarsiz transfer sifatida yodda qoldi xolos.

David Villa (2010-2013)



Ispaniyalik futbolchi “Barselona” safida ko‘plab sovrinlarni yutgan bo‘lsada, u bu jamoada atigi bir mavsumgina yuqori formada to‘p surdi, xolos. Navbatdagi 7-raqam egasi 2011-yilda “Al Saad”ga qarshi bahsda chap oyog’ini sindirib oladi va uzoq muddat safdan chiqishga majbur bo‘ladi. Keyinchalik jasorat ko‘rsatib yana safga qaytgan bo‘lsada, avvalgi darajasida futbol namoyish eta olmaydi. Oqibatda klub Neymarni harid qilgach o‘z istagi bilan “Atletiko Madrid”ga o‘tib ketadi. To‘g’ri, Villa jamoaga katta naf keltirgan bo‘lsada, shu jamoa safida orttirgan jarohati tufayli bir necha bor operasiyalarni boshidan kechirishga majbur bo‘ldi.

Pedro (2005/2015)


Eng qizig’i shundaki, Pedro 17-raqam ostida jamoada to‘p surgan chog’lari u tinimsiz gollar urar, final uchrashuvlarida chinakam qahramonliklar namoyish etar edi. Jamoa akademiyasi tarbiyalanuvchisi klubdagi statusi ko‘tarilishi uchun 7-raqamni olgan yiliyoq barchasi o‘zgarib ketdi. U asta-sekinlik bilan zahirada qola boshladi va hujum chizig’idagi futbolchilar bilan raqobatda yutkazayotganini sezib qoldi. Oqibatda 2015-yilda Londoning “Chelsi” klubi safiga o‘tib ketdi.

Arda Turan (2015/2017)


Turkiyalik futbolchi “Atletiko Madrid”ning yuragi edi desak, adashamagan bo‘lamiz. Arda maydon bo‘ylab barcha zonalarni yopishga ulgurar, uning o‘yini barchada yaxshi taassurot qoldirar edi. Bir nechta yaxshi mavsumlardan so‘ng Katoloniya klubiga o‘tgan futbolchi hayotidagi eng katta xatoni qildi desak, hech kim shubha qilmasa, kerak. Arda “Barselona”da shu qadar yomon o‘yin ko‘rsatdiki, uni birorta klub sotib olishni istamadi. Bechora futbolchi qanchalar istamasin o‘zining eng zo‘r davrlarini Katoloniya
zahira o‘rindig’larida o‘tkazib yubordi. Afsuski, bu Ardaning hayotidagi eng qiyin kunlardan biri deya olmaymiz. Futbolchi hozirda o‘z Vatanida jinoiy javobgarlikka tortilgan va katta ehtimol bilan uni qamoq jazosiga hukm qilishadi.

Koutinyo (2018/09)


Nima ham derdik, “Barselona” tarixidagi eng qimmat futbolchi bo‘lishiga qaramasdan Koutino o‘tgan mavsumda jamoaga deyarli yordam bera olmadi. Braziliyalik futbolchi Katoloniyada qanchalar omadsiz mavsum o‘tkazgan bo‘lsada, bu yil bo‘lib o‘tgan “Kopa Amerika” musobaqasida chinakamiga porladi. Deyarli barcha uchrashuvda maydonga tushgan qahramonimiz chempionlik uchun eng katta hajmdagi ishni bajarganini alohida qayd etish lozim. Muxlislar Koutinoning yangi mavsumda ham shunday o‘yin ko‘rsatishini kutishayotgan bo‘lsada, futbolchi ortiq “Barsa”da qolishni istamadi va ijara asosida Myunhenning “Bavariya” jamoasiga o‘tib ketdi. Iqtidorli, yosh va kuchli futbolchiga “Barselona”da o‘ynab ketishiga nima qarshilik qildi? Balki 7-raqamdir? Yana kim biladi deysiz?!

 

Y . U

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 20:49, 24.09.2019.
O'qildi: 8946 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.