Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

Bektemir Meliqo‘ziyev chempionlik kamari uchun ringga chiqadi

Bektemir Meliqo‘ziyev chempionlik kamari uchun ringga chiqadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev (2-0, 2 KO) noyabr oyida o‘zining professional boksdagi uchinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Meliqo‘ziyev 26 noyabr kuni AQSHda bo‘lib o‘tadigan boks kechasida ringga ko‘tariladi. Jang WBA mintaqaviy chempionlik kamari uchun o‘tkaziladi va 10 raunddan iborat bo‘ladi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi ma’lum emas. Tez orada bu borada ham ma’lumotlar taqdim etiladi.

Ayni vaqtda Meliqo‘ziyev jangdan so‘nggi ta’til o‘tash uchun O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Oktyabr boshida u AQSHga jo‘nab ketadi va jangga tayyorgarlikni Kaliforniyada davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, Meliqo‘ziyev so‘nggi marta 30 avgust kuni Pasadenada bo‘lib o‘tgan boks kechasida meksikalik Rikardo Luna Floresga (22-7-1, 14 KO) qarshi jangda raqibini birinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 11:16, 27.09.2019.
O'qildi: 3231 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.