Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtiauno Ronaldu guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar berdi.
Ma’lumot uchun, portugaliyalik futbolchi jarohat sabab "A" Seriya 5-turidan o‘rin olgan "Breshia"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgandi.
Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" shanba kuni Italiya chempionati doirasida SPALga qarshi o‘yin olib boradi.