"Tottenxem" ustozi Maurisio Pochettino "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkin. Agar Ule-Gunnar Sulsher jamoadan ketadigan bo‘lsa, uning o‘rnini argentinalik mutaxassis egallaydi.
"The Sun" nashriga ko‘ra, Pochettino "qizil iblislar"ni boshqarish uchun asosiy da’vogar hisoblanmoqda. "MYU" uning tovon puli — 32 mln funtni to‘lashga tayyor.
Pochettinodan keyin esa — Massimiliano Allegri, Erik xen Tag va Maykl Kerrik variantlari ham bor.