Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

La liga. «Barselona» safardagi muvaffaqiyatsiz o‘yinlar seriyasiga chek qo‘ydi

La liga. «Barselona» safardagi muvaffaqiyatsiz o‘yinlar seriyasiga chek qo‘ydi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 7-turi doirasida "Barselona" Madridda "Xetafe"ga qarshi bahs olib bordi.

Birinchi bo‘limda mezbonlar faol o‘yin namoyish qilishga harakat qilishdi. Bir vaziyatda ter Shtegen yakkama-yakka vaziyatda raqib hujumchisi tomonidan berilgan zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Bahsning 41-daqiqasida "Barselona" posboni nafaqat raqibning xavfli hujumini bartaraf etdi, balki o‘sha vaziyatda golli uzatmani ham amalga oshirdi. Mezbonlar futbolchisi yakkama-yakka vaziyatga chiqayotgan paytda germaniyalik posbon o‘z jarima maydonni tark etdi, to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi va oldingi chiziq tomon tepdi. Himoyachilardan qochib ketgan Luis Suares yakkama-yakka vaziyatda David Soriyani dog‘da qoldirdi.

Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalari kataloniyaliklar uchun omadli chiqdi. Karles Peres olis masofadan zarba yo‘lladi. Darvozabon qaytargan to‘pni Xunior Firpo darvozaga joylab qo‘ydi.

Umuman olganda, "ko‘k-anorranglilar" ikkinchi 45 daqiqalikni yaxshi o‘tkazishdi. Suaresning zarbasiga biroz aniqlik yetishmagan bo‘lsa, Artur olis masofadan bo‘sh qolgan darvozaga aniq zarba bera olmadi. Bahsning 82-daqiqasida esa Kleman Langle ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Qolgan daqiqalarda Valverde shogirdlari to‘pni yaxshi nazorat qilib, g‘alabani saqlab qolishdi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Barselona" o‘z ochkolarini 13taga yetkazib, vaqtinchalik bo‘lsa-da jadvalda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ispaniya La ligasi, 7-tur
Xetafe – Barselona 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 41 Suares, 0:2 – 49 Firpo.
Xetafe – Soriya, Jene, Nyom (Kenedi, 46), Bruno Gonsales, Kukurelya, Djeyson (Portilyo, 72), Arambarri, Maksimovich, Suares, Anxel Rodriges, Mata (Molina, 58).
Barselona – ter Stegen, Langle, Firpo, Pike, Serji Roberto, de Yong, Artur, Buskets (Rakitich, 80), Karles Peres (Todibo, 86), Suares, Grizmann (Semedu, 75).
Ogohlantirishlar: Bruno Gonsales (35), Buskets (44), Langle (47), Kenedi (63), Maksimovich (64), Serdji Roberto (77), Kukurelya (90).
Chetlatish: Langle (82).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:30, 28.09.2019.
O'qildi: 8085 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик